Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) missiyasi Rossiya qöşinlari tomonidan qölga olingan Energodardagi Zaporijjya AESga yetib keldi. Bu haqdagi ma’lumotni 1 sentabr, payşanba kuni Ukrainaning barça atom elektr stansiyalari operatori «Energoatom» tasdiqladi.
Rossiyaning RIA «Novosti» axborot agentligi missiya maşinalarining atom elektr stansiyasiga kirgani aks etgan videoni e’lon qildi.
«Interfaks-Ukraina» muxbirining ma’lum qilişiça, inspektorlar Ukraina mudofaasi oxirgi çiziği va Rossiya kuçlari birinçi qatori boşlanadigan joy örtasidagi «kulrang» zonaga ötiş çoğida rus harbiylari tomonida otişma eşitilgan. Avvalroq missiya iştirokçilari Novooleksandrivka nazorat punktida harakatlaniş imkoniyatini bir neça soat kutişgan.
Uşbu nazorat punktida missiya yetakçisi, AEXA rahbari Rafael Grossi jurnalistlar bilan suhbatlaşdi. Uning ta’kidlaşiça, missiya a’zolari hozirgi vaziyatdan, xususan payşanba kuni ertalab kuçaygan harbiy faollikdan xabardor. «Bir neça daqiqa oldin ukrainalik harbiylar meni vaziyatdan xabardor etişdi, yuqori xavflar haqida gapirib berişdi. Ammo barça ijobiy va salbiy tomonlarni öylab, şu yerga yetib kelganimizni öylab, biz töxtamaslikka, harakatlanişda davom etişga qaror qildik, - dedi u. - Biz u tomonga ötiş uçun minimal şart-şaroitlarga ega ekanligimizga işonamiz, ammo xavf juda yuqori. Biroq, mening jamoam va men oldimizda juda muhim missiya turganiga işonamiz».
30 avgust kuni AEXA missiyasi Kiyevga, ertasi kuni esa stansiyadan 55 kilometr uzoqlikda joylaşgan, Rossiya tomonidan egallab olingan Zaporijjya şahriga yetib keldi. Zaporijjya oblasti okkupatsion ma’muriyati «rahbari» Yevgeniy Balitskiyning sözlariga köra, AEXA xodimlari ZAES hududida bir kun qoladi, biroq agentlik mutaxassislari uzoqroq qolişga umid qilmoqda. «Agar biz doimiy yoki uzoq muddatli iştirok etişga muvaffaq bölsak, unda muddatlar uzaytiriladi. Ammo bu birinçi bosqiç bir neça kun davom etadi», dedi Grossi jurnalistlarga.

















