Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) va Davlat xizmatlari markazlarida haydovçilik guvohnomalarini yangisiga almaştiriş vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qildi.
Xabarda aytilişiça, Içki işlar vazirligi tomonidan Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati sohasida “Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi” joriy qilinganligi munosabati bilan 1-5 sentabr kunlari texnik-profilaktik işlar amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
“Şu sababdan, YaIDXP va Davlat xizmatlari markazlarida eski namunadagi haydovçilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovçilik guvohnomasiga almaştiriş va boşqa avtotransport vositasiga boğliq davlat xizmatlarini körsatiş vaqtinçalik töxtatiladi”, deyiladi xabarda.
Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qöşimça xabar beriladi.

















