«Huşsiz holda bölgan yana bir kişi vafot etdi. Ayni vaqtga kelib qurbonlarning jami soni olti kişini taşkil etmoqda», deya tibbiy xizmatlardagi manbasi sözlarini keltiradi TASS.
Halok bölganlarning barçasi 30 avgust kuni vulqonga kötariliş uçun sayohatga yöl olgan 12 kişilik guruh a’zolari bölişgan.
3 sentabr kuni turistlar 3,3 ming metr balandlikdan kötarila boşlagan. 4,2 ming metr balandlikda, yuqoridan qulaş oqibatida beş kişi halok bölgan, bir kun ötib qurbonlar soni olti nafarga yetgan.
Xabar qilişlariça, gidlardan biri oyoğini sindirib olgan. Bölib ötgan voqealar haqida sun’iy yöldoş aloqasi orqali favqulodda xizmatlarga xabar bergan ikkinçi gid jabrlanuvçilarga yordam körsatmoqda.
Guruhning ikki vakili 3300 m balandlikdagi lagerda bölib turibdi va qutqaruvçilar kelişini kutişmoqda, qolganlar - 4000 metrdan yuqoriroq balandlikda qolişmoqda. «112» telegram-kanali yozişiça, sayyohlar 4 ming metr balandlikdan mustaqil ravişda tuşa olişmaydi: ularning barçasi uzoq davom etgan yuriş va kislorod yetişmovçiligi tufayli qattiq toliqişgan.
Klyuçevskaya sopka - Yevrosiyodagi amaldagi eng yuqori balandlikdagi vulqondir. U 4,8 ming metr balandlikda joylaşgan.
Qutqaruv amaliyoti
Qutqaruvçilar hozirça sayyohlarning oldiga yetib bora olmagan. Mi-8 vertolyoti noqulay ob-havo şaroiti tufayli lager atrofiga qöna olmagan va qaytişga majbur bölgan.
«Ular 3 300 metr balandlikda qönişi rejalaştirilgandi, ammo past bulutlar töplami tufayli buning imkoni bölmadi. Ayni vaqtda qutqaruvçilar va tibbiyot xodimlari borti yana hodisa hududiga yöl olgan. Ular qönadigan balandlik ob-havo şaroitiga boğliq böladi», deyiladi Kamçatka ölkasi ma’lumotlar markazi xabarida.
«Bunga parallel ravişda yana bir vertolyot parvozga tayyorlanmoqda. Vulqon hududi bulutlar bilan qoplangan, şamol tezligi sekundiga 15 metrga yetgan va yoğingarçilik kuzatilmoqda. Toğli hududda havo harorati Tselsiy böyiça - 9 darajagaça tuşişi mumkin», deya yozadi TASS agentligi.
Har qanday holatda ham qutqaruvçilar jabrlanganlarga darhol yordamga yetib bora olmaydi - ular hali iqlimga moslaşiş jarayonidan ötişi talab etiladi.

















