Rossiyaning Kobuldagi elçixonasining ikki xodimi portlaş qurboniga aylandi. RF taşqi işlar vazirligi ma’lumotiga köra, 5 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:50 atrofida xudkuş terrorçi elçixonaning konsullik bölimiga kiriş joyida portlovçi qurilmani harakatga keltirgan. «Izvestiya»ning TIVdagi manbasi elçixona xodimlari orasidagi qurbonlardan biri — qöriqçi ekani (uning ismi noma’lum), ikkinçisi esa — ikkinçi kotib Mixail Şaxligini ma’lum qildi.
Şuningdek, viza uçun navbatda turgan odamlar ham halok bölgan. Sputnik Afganistan xabariga köra, bular asosan viza berilişini kutayotgan yoki viza uçun hujjat topşirmoqçi bölgan afğon talabalari bölişgan. Ria Novosti manbasining aytişiça, RF elçixonasi xodimi viza olişga da’vogarlarning nomlarini e’lon qiliş uçun çiqqanida portlaş röy bergan. Agentlik ma’lumotiga köra, portlaş oqibatida kamida 10 kişi halok bölgan, yana sakkiz kişi şifoxonaga yotqizilgan. Al manbasi qurbonlar soni kamida sakkiz nafar ekanini aytgan.
Kobul politsiyasi terrorçi otib taşlanganini ma’lum qilgan. Reuters agentligi va Afğonistondagi Tolo News naşri Kobul politsiyasi vakiliga asoslanib yozişiça, u portlovçi qurilmani elçixona yaqinidagi odamlar orasida harakatga keltirişni rejalaştirgan, ammo elçixona qöriqçilari uning niyatini sezib qolişgan va otişma boşlaşgan. Idora versiyasiga köra, terrorçi öldirilgan, ammo bu portlovçi qurilma detonatsiyaga kirişişining oldini ololmagan. Kobul politsiyasi qurbonlar sonini 11-12 kişi deb baholagan.
Kreml röy bergan hodisani terakt deb atadi. Bu portlaş kim tomonidan va qanday sababga köra uyuştirilgani noma’lum. Hozirça heç bir taşkilot bu hujum uçun javobgarlikni zimmasiga olmadi. Ammo Associated Press bir yil muqaddam Afğonistonda hokimiyat «Tolibon» qöliga ötganidan buyon mamlakatda qator teraktlar röy bergani va ularning bari uçun IŞID javobgarlikni zimmasiga olganiga e’tibor qaratgan. Bu guruhlar azaldan özaro duşman sanaladi, IŞID guruhi ham Afğonistonda yetakçilikni qölga olişga harakat qiladi.
Rossiya toliblar kelgaç mamlakatdan çiqib ketgan Ğarb davlatlaridan farqli ölaroq Afğonistondagi elçixonasini yopmaslikka qaror qilgandi. Rossiyada «Tolibon» rasman terrorçi taşkilot sifatida tan olingan va uning faoliyati taqiqlangan. Ammo hukumat toliblar bilan muzokaralar olib boradi, ularning vakillari Moskvada akkreditatsiya qilingan va 2022 yilda Peterburg iqtisodiy forumiga taklif etilgan. Kreml toliblar bilan aloqa qilinişini ular «de-fakto Afğoniston rahbariyati hisoblanişi» bilan izohlagan.

















