2022 yilning uçinçi çoragida dunyoning 101 mamlakatida ommaviy tartibsizliklar yuz berişi xavfi kuçayadi. Bu haqda Bloomberg agentligi Britaniyaning Verisk Maplecroft konsalting kompaniyasi tadqiqotiga tayanib xabar berdi. 

Ekspertlarning xulosasiga köra, 198 mamlakatdan 101tasida ommaviy noroziliklar kuçayişi ehtimoli qayd etilgan. Şu bilan birga, 42 mamlakatda bu xatar pasaygan. 

Agentlikning qayd etişiça, Yevropa ittifoqi mamlakatlarida energiya narxlari oşişi fonida ommaviy tartibsizliklar yuz berişi ehtimoli kuçaymoqda.  

Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa oziq-ovqat mahsulotlari narxining qimmatlaşi va global oziq-ovqat inqirozi xavfi ortidan noroziliklar kuçayişi mumkin. 

Kuz va qiş davrida energetik inqiroz Yevropada yaşaş qiymatining ösişiga olib kelişi kutilmoqda. Qurğoqçilik va içimlik suvi tanqisligi köplab mamlakatlarda oziq-ovqat narxining oşişiga va noroziliklarga olib kelişi mumkin.