Rossiyaning Çelyabinsk oblasti, Korkino qişloğida 24 oktyabr kuni taksi haydovçisi öldirilişi ortidan ommaviy tartibsizliklar yuz berdi. Oqibatda, 43 kişi qölga olindi, ularga nisbatan mayda bezorilik moddasi böyiça bayonnoma tuzildi, deb xabar berdi Meduza.

40 yoşli taksi haydovçisi (ayol kişi) 23 oktyabr kuni keçqurun ölik holda topilgan. Haydovçi «mahalliy lölilar» çaqiriğiga borgan va hozir ular qotillikda gumon qilinmoqda. Ayolning tanasida bir neçta piçoq jarohatlari topilgan.

24 oktyabr kuni huquq-tartibot idoralari qotillikda gumon qilingan 17 yoşli yigit qölga olingani haqida xabar berdi. Tergov qömitasi hibsga olingan yana bir şaxs haqida xabar berib, uning jinoyatga aloqadorligi hali tasdiqlanmaganini qöşimça qildi. Tergov ma’lumotlariga köra, taksi haydovçisi va yölovçi örtasida nizo kelib çiqqan. Yölovçi ayolning «kökrak qismiga kamida tört marta piçoq sançgan».

24 oktyabr kuni keçqurun Korkino aholisi töplanib (manbalar 150 kişi demoqda), gumonlanuvçilar yaşayotgan joyga borgan. Olomon bir neçta maşinaga zarar yetkazgan va kamida bitta uyni yoqib yuborgan. Uylardan biri toşböron qilingan. Voqea joyiga politsiya maxsus kuçlari va boşqa xavfsizlik kuçlari yetib borib, uyni örab, himoyaga olgan. Aholi politsiyaning harakatsizligi va lölilar diasporasi bilan boğliq muammolar ançadan beri ma’lum bölsa-da, hal etilmayotganidan norozi bölgan.

Mahalliy manbalar olomon qurşab olgan uyda yaşovçi odam quroldan öq uzgani haqida xabar berdi. Korkino munitsipal okrugi rahbari Natalya Loşçinina ikki jabrlanuvçi haqida xabar berdi: bir kişi böynidan, ikkinçisi sonidan jarohat olgan.

Köp ötmay, politsiya olomon içidagi odamlarni hibsga olişni boşlagan. 25 oktyabr kuni ertalab Tergov qömitasining Çelyabinsk oblasti böyiça departamenti odamlarga qarata öq uzgan 58 yoşli fuqaroni hibsga olingani haqida xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga köra, erkak olomonga qarata öq uzib, 37 va 29 yoşli yigitlarga jarohat yetkazib, qoçib ketgan.

Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin «keng jamoatçilik noroziligi tufayli» taksi haydovçisining öldirilişi va qotillikka uriniş böyiça jinoiy işni Tergov qömitasiga topşirişni buyurdi. Tergov qömitasi hisobotida, şuningdek, «şaharda yaşovçi lölilarning noqonuniy xatti-harakatlari muammosi mahalliy aholini ançadan beri taşvişga solayotgani, biroq hal etilmagani» aytilgan. Bastrikin «mahalliy aholining dalillarini tekşiriş va sodir bölgan voqeaning barça holatlarini aniqlaş uçun töliq çoralar körişni» buyurdi.