Özbekiston va Rossiya «Toşkent mexanika zavodi» AJ (TMZ) negizida aviasozlik sohasida qator qöşma loyihalarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda çorşanba kuni Rossiyaning Özbekistondagi Savdo vakolatxonasi ma’lum qildi. 

Ma’lumotlarga köra, Rossiyaning respublikadagi savdo vakili Konstantin Zligostev va TMZ boş direktori Zafar Isoqov muzokaralar ötkazgan, unda avvallari Valeriy Çkalov nomidagi Toşkent aviatsiya işlab çiqariş birlaşmasi deb atalgan zavod (TAPOiÇ) negizida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

«Rossiya-Özbekiston qöşma loyihalari bir vaqtning özida turli bosqiçlarda turibdi. Uskunalarni raqamlaştirişga alohida e’tibor qaratildi, ularsiz bugungi kunda zamonaviy aviasozlikni tasavvur etib bölmaydi», — deyiladi xabarda. Unda qayd etilişiça, TMZ Il-76, Il-114 samolyotlari va ularning modifikatsiyalari ehtiyot qismlarini işlab çiqaradi hamda parvozga yaroqliligini saqlaydi.

«Zavod hududida yangi quvvatlarni quriş va mavjud işlab çiqariş quvvatlarini qayta jihozlaş işlari olib borilmoqda, bu esa kelajakda quvvatni oşiriş va mahsulot turlarini kengaytiriş imkonini beradi», — deyiladi xabarda.

TAPOiÇ 1941 yilda Moskva oblastidagi Ximki şahridan respublikaga evakuatsiya qilingan aviatsiya zavodi negizida taşkil etilgan. Sovet davrida bu yerda Il-76 harbiy transport samolyotlari va Il-114 yölovçi samolyotlari yiğilgan. 2014 yilda zavod «Özbekiston temir yöllari» AJ yurisdiksiyasiga ötkazildi va TMZ nomini oldi.