Ukraina qöşinlari Xarkiv yaqinida hujum qilişda davom etmoqda. Tasdiqlanmagan, ammo işonçli ma’lumotlarga köra, ular Rossiya kuçlarining yirik tayanç punkti - Balakliya şahrini şimol va janubdan örab olişga muvaffaq bölgan, endi hujum qilayotgan ilğor qismlar operativ kenglikka çiqişgan va duşmanning Izyum atrofidagi butun guruhi ta’minotini kesib qöyiş bilan tahdid solmoqda. Rossiya qömondonligi şoşilinç tarzda xavfli yönalişlarga madad kuçlari yubormoqda, ammo öz hisobotlarida faqat muvaffaqiyatlar haqida gapirmoqda.
Ukraina qurolli kuçlari Balakliya yönalişida yoppasiga hujumga ötgani haqida seşanba kuni ma’lum bölgandi - Rossiya-Ukraina uruşida avval ham bölganidek rasmiy manbalardan emas, vaziyatdan yaxşi xabardor bölgan manbalardan. E’tiborli jihati, ukrain naşrlari ham, rossiyaparast blogerlar va propagandaçilar ham Xarkivdan janubi-şarqda röy berayotgan voqealar haqida deyarli bir xil xabarlar tarqatişdi.
Farqli jihati faqat ukrain qöşinlarining harakatlaniş tezligi va naqadar çuqur kirib kelganini baholaşda körinardi.
Dastlabki xulosalar
Xarkiv frontidagi vaziyat haqida Ukraina tomoni ham, Rossiya boş ştabi ham sukut saqlamoqda.
Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Aleksey Arestoviç 6 sentabr kuni «şaharlardan birida» Rossiya qöşinlari uçun öta yoqimsiz vaziyat yuzaga kelgani haqida qoğozga örab gapirgandi.
Ayni vaqtda quyidagiça kartina yuzaga kelgan: Ukraina qurolli kuçlari bir vaqtning özida bir neça yönalişda - Balakliyadan janubda, şimolda va ğarbda rossiyaliklar mudofaasini yorib ötgan - şahar yarim doira içida qolgan, şarqqa çekiniş yöli zarba ostida uşlab turilibdi.
Aftidan, ukrain bölinmalari Balakliyani katta kuç bilan şturm qiliş uçun vaqt sarflaşni istamadi. Rossiya qismlari uçun yana bir jiddiy xavf - Balakliya şimolida, Volohiv Yarda. Bu muhim transport tuguni bölib, u orqali Rossiya qöşinlari nazoratidagi Kupyanskdagi temiryöl stansiyasiga trassa ötadi. U yerdan esa trassa janubga, Izyumga olib boradi. Bu hududda, Izyumda Rossiyaning yirik guruhi joylaşgan bölib, uning ta’minoti Kupyanskdan yetkazib beriş saqlanib qolişiga boğliq.

Şuningdek, ukrain kuçlari Şevçonkovo qişloği yönalişida şimoli-ğarbdan, Vesyoloye qişloği yönalişida janubi-ğarbdan zarba berişi mumkin - Ukraina armiyasi bu yönalişlarda muvaffaqiyatga erişsa, ançagina yirik «kotyol» hosil böladi.
















