O‘zbekiston | 10:59 / 10.09.2022
11154
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga import mebel eng ko‘p qayerdan olib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Koreyadan qiymati 23,5 mln AQSh dollariga teng mebel va uning qismlarini import qilgan.

2022 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 51 ta xorijiy davlatlardan qiymati 70,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel va uning qismlarini import qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mebel va uning qismlari importi hajmi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda qariyb 21 mln AQSh dollariga oshgan. 

O‘zbekiston 2022 yil 7 oyida mebel va uning qismlarini eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Koreya yetakchilik qilmoqda – 23,5 mln dollar.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Turkiya – 16,8 mln;
  • Xitoy – 13,8 mln;
  • Rossiya – 7,1 mln;
  • Italiya – 1,3 mln;
  • Qozog‘iston – 1,2 mln;
  • Belarus – 829 mln;
  • Polsha – 370 ming;
  • Germaniya – 594 ming AQSh dollari.

Mavzuga oid