Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov feysbukdagi sahifasida Ukraina böyiça «Ramşteyn» formatidagi kontakt guruhi konferensiyasi yakunlariga bağişlangan matn e’lon qildi. Vazirning sözlariga köra, mamlakatga xorijdan harbiy yordam yetkaziş nisbatan uzoq muddatga möljallanmoqda, çunki donor davlatlar öz zaxiralaridan qurol yetkazib berişi oson bölmaydi
Vazirning sözlariga köra, yordamning yangi bosqiçi şiori «barqarorlik, uzoq muddatli va öqitiş» (sustain, long-term, training) böladi.
«Erkin dunyo mamlakatlari qit’ada Ikkinçi jahon uruşi andazasidagi keng kölamli uruşga hozirlik körmagan edi. Şu tufayli hamkorlarimiz tomonidan zaxiralar hisobiga körsatilişi mumkin bölgan operativ yordam resurslari çeklangan», degan Reznikov.
Avvalroq ekspertlar Ğarb mamlakatlari öz qurolli kuçlari zaxiralaridan Ukrainaga qurol-yaroğ, harbiy texnika va boşqa turdagi harbiy yordamlarni uzoq vaqtgaça yetkazib berişda davom eta olmasligini aytişgandi. Reznikovning sözlariga köra, bu endi kontakt guruhi yiğilişlarida muhokama mavzusiga aylandi.
Ma’lum bölişiça, endilikda Ukraina uçun qurollar armiya omborxonalaridan emas, işlab çiqariş zavodlaridan yetkazib beriladi.
Ukrainlar vazirining sözlariga köra, NATO umumiy reja tayyorlaydi, u nafaqat Kiyevga töğridan töğri yordam yetkazib berişni, balki donor davlatlar zaxiralarini töldirişni, şuningdek, Ğarbdan kompensatsiya sifatida yangi qurollar oliş evaziga öz qurollari, öq-dorilari va texnikalarini Ukrainaga berişga tayyor bölgan mamlakatlar uçun qurol-yaroğ işlab çiqişni nazarda tutadi.
«Harbiy-sanoat kompleksiga investitsiya kiritiş masalalari, Rossiyaga qarşilik körsatiş zaruratini inobatga olgan holda, tez orada NATO doirasidagi alohida sessiyada körib çiqiladi. Ramştaynda alyans boş kotibi Yyens Stoltenberg umumiy yönalişlarni juda aniq belgilab berdi», deya yozdi Reznikov.
«Uç darajali havo hujumidan mudofaa tizimi»
Konferensiyada muhokama qilingan yana bir mavzu Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib beriş böyiça bölgan.
Oleksiy Reznikovning sözlariga köra, Ukraina Ğarb mamlakatlari kömagida tölaqonli «uç darajali» havo hujumidan mudofaa tizimini quradi, vazir uning qurilişini «eng muhim ustuvor vazifa» deb atadi.


















