Surxondaryo viloyati Muzrabot tumaniga hokim vazifasini bajaruvçi tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar qildi.
12 sentabr kuni Muzrabot tumani hokimligida Surxondaryo viloyati hokimi örinbosari Usmon Turopov raisligida taşkiliy masalaga bağişlangan yiğiliş ötkazilgan. Unda Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, tuman hokimi örinbosarlari, tegişli taşkilot va muassasa vakillari qatnaşgan.
Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolovning tegişli buyruğiga asosan Abduraşid Ismoilov Muzrabot tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.
Abduraşid Ismoilov 1977 yilning 12 iyulida Boysun tumanida tuğilgan. 2005 yilda Termiz Davlat universitetini, 2014 yilda Toşkent Moliya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – Budjet hisobi va nazorat-moliya.
U 2022 yil 25 avgustidan buyon Muzrabot tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. Bundan avval Moliya vazirligida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uçun, Muzrabot tumaniga 2018 yil iyulidan buyon Erkin Alimov rahbarlik qilib kelayotgandi.


















