Özbekiston va Xitoy örtasidagi har tomonlama strategik şeriklikni mustahkamlaş yönalişlari belgilab olindi.

15 sentabr kuni Samarqanddagi “Buyuk ipak yöli” xalqaro turizm markazi Kongress markazida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Jinpingning muzokaralari bölib ötdi.

Prezident Si Jinpingni uning taşrif arafasida çop etilgan, xalqlar köp asrlik riştalar bilan boğlanganini tasdiqlovçi va dasturiy ahamiyatga ega «Xitoy-Özbekiston munosabatlari yorqin kelajagini birgalikda barpo etiş» sarlavhali mualliflik maqolasi uçun minnatdorlik bildirdi. Xitoy xalqi Si Jinping rahbarligida erişayotgan yutuqlarni qayd etib, Xitoy Kommunistik partiyasi bölajak 20-yalpi majlisi muvaffaqiyatli ötişini tiladi.

Xitoy rahbari Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar davlat va jamiyat hayoti barça jabhalarida ulkan natijalar berayotganini ta’kidladi.

Yetakçilar Özbekiston bilan Xitoy örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini rivojlantiriş muhim yönalişlarini atrofliça körib çiqdi.

Oliy darajadagi muntazam muloqotlar tufayli davlatlar örtasidagi hamkorlik kengayib borayotgani ta’kidlandi. Ötgan yilda tovar ayirboşlaş rekord körsatkiç – 8 mlrd dollarga yetdi, joriy yil boşidan esa 30 foizdan ortiq ösdi. Oxirgi beş yilda Özbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 mlrd dollardan oşdi. Keng kölamli iqtisodiy hamkorlik böyiça beş yillik dastur, iqtisodiyot muhim tarmoqlari va ijtimoiy sohada qöşma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, bunda elektron tijoratni rivojlantiriş, sanoat kooperatsiyasi böyiça, avvalo, avtomobilsozlik, “yaşil” energetika, qişloq xöjaligi va infratuzilma kabi sohalarda ilğor loyihalarni amalga oşiriş muhimligi qayd etildi.

Xitoyning kambağallikka qarşi kuraşiş, hududlarni rivojlantiriş va professional kadrlar tayyorlaş borasidagi ilğor tajribasini örganiş va joriy etişni davom ettirişga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari hududlar örtasidagi aloqalarni faollaştiriş zarurligini ta’kidladi. Şu maqsadda joriy yil yakuniga qadar Özbekistonda ikki mamlakat hududlari 1-forumini ötkaziş taklif etildi.