Janubiy Kavkaz tarixi

Kavkazorti mintaqasi bugungi kunda dunyodagi eng köp çegara nizolariga ega hududlardan biri. Çeçeniston-Inguşetiya, Gruziya-Janubiy Osetiya, Gruziya-Abxaziya, Armaniston-Ozarboyjon kabi qarama-qarşiliklar haligaça öz yeçimini topgani yöq.

Muammolarning köpçiligi tarixiy meros bilan boğlanadi. Mintaqa tarixiga nazar solinsa, Kavkazdagi ilk davlat gruzinlarning qadimgi Kolxida qirolligidir. Bu qirollik haqidagi ilk ma’lumotlar miloddan avvalgi birinçi mingyillik örtalariga tegişli. Keyinroq Buyuk yunon koloniyalaştirilişi davrida mintaqaga yunonlar va ellinizm ham kirib keladi.

Armaniston tarixçilari mamlakat tarixini qadimgi Urartu davlatiga boğlaydi. Bu davlat hozirgi Van, Urmiya va Sevan köllari orasida joylaşgan bölib, Urartu tili ilk arman tiliga juda yaqindir. Tarixdagi ilk arman davlatçilik tuzilmasi esa miloddan avvalgi 585 yilda Ahamoniylar davlati tarkibida taşkil etilgan Arman satrapligi edi.

Milodiy IV asrda mavjud bölgan janubiy Kavkazdagi davlatlar

Janubiy Kavkaz mintaqasi tarixini şartli ravişda ikki davrga böliş mumkin: Xristianlar hukmronligi davri — XI asrgaça, musulmon yoki turkiylar hukmronligi davri XI asrdan XX asr boşlarigaça.

Janubiy Kavkazda Ahamoniylardan söng makedoniyaliklar, Salavkiylar, Rim imperiyasi va Vizantiya hukmronligi örnatiladi. Keyinroq esa Arab xalifaligi qöşini mintaqani zabt etadi, biroq musulmonlarning bu yurişi Janubiy Kavkazdagi diniy demografiyaga deyarli ta’sir ötkazmaydi. Şimoliy Kavkazda taşkil topgan Xazar xoqonligi mintaqadagi ilk turkiy davlat edi.

Arab xalifaligidan söng bu yerlar yana Vizantiya imperatorligi tarkibiga qaytadi va Janubiy Kavkazda Konstantinopolga vassal Armaniston, Gruziya, va Kavkaz Albaniyasi qirolliklari taşkil topdi. XI asrgaça bölgan keyingi davr yuqoridagi uç qirollik va Vizantiyaning kuraşlari bilan tasniflanadi.

XI asr örtalaridan Kavkaz mintaqasiga yangi kuç — turkiy saljuqiylar bostirib kiradi. Saljuqiylar qöşini Kavkazning katta qismini bosib oladi va bu yerga turkiylarning yirik migratsiyasini boşlab beradi.

Mintaqada saljuqiylardan söng Ozarboyjon otabegilari davlati paydo böladi. Janubiy Kavkaz va Kiçik Osiyoni böysundirgan bu sultonlikning poytaxti hozirgi Ozarboyjon davlati hududida joylaşgan Barda şahri edi. Naxçivon, Ganja, Şirvon, Beylagon, Arron va Tabriz kabi hududlarni böysundirgan Otabegilar davlatini ilk Ozarboyjon davlatçiligi deb ataş mumkin.

XVIII-XIX asrda vujudga kelgan Ozarboyjon xonliklari va Yerevan xonligi

Saljuqiylar imperiyasi zaiflaşib, mintaqa mamlakatlari qisqa mustaqillikka erişişidan söng bu yerga avval xorazmşohlar, söng möğullar bostirib kiradi.

Ulardan söng esa keyingi turkiy sulolalar, Amir Temur, oqquyunli va qoraquyunli turkmanlar bu hududlar hukmdori böladi.

Va nihoyat 1501 yilda Ismoil Safaviy Tabrizni egallaydi va Ozarboyjon davlatçiligi çöqqisi hisoblanuvçi Safaviylar davlatiga asos soldi. Hozirgi Armaniston, Gruziya va Ozarboyjon Safaviylar va Usmoniylar imperiyasi örtasidagi talaş hududga aylanadi. Janubiy Kavkaz ikki imperiya tomonidan bölib olinadi.

Safaviylar davrida Janubiy Kavkazga turkiylarning yana katta migratsiyasi boşlanadi va bu hozirgi Ozarboyjon xalqi şakllanişida muhim rol öynaydi. Ozarboyjonliklar mintaqaning Naxçivon, Ganja, Boku, Şamahi, Şeki, Tabriz, Ardebil, Iğdil, Qoraboğ kabi hududlariga örnaşadi.

XVIII asr ikkinçi yarmidan Safaviylar davlati zaiflaşgaç, Janubiy Kavkazning Eronga tegişli qismida bir neça mustaqil xonliklar paydo böladi. Bular Boku, Qoraboğ, Ganja, Şirvon, Şeki, Quba, Darband, Taliş va Yerevan xonliklari edi. Aynan uşbu xonliklar Ozarboyjon va Armaniston Respublikasining (Yerevan xonligi) hozirgi sarhadlariga asos böladi.

Gruziya yerlari esa Usmonlilar nazorati ostida qoladi va XIX asr boşida Rossiya imperiyasi tarkibiga ötib ketadi.

XIX asrda Kavkazda boşlangan Rossiya-Eron uruşlari mintaqa taqdirini hal qiladi. Guliston (1813 yil) va Turkmançoy (1828 yil) şartnomalari imzolanişi bilan yakun topgan bu uruşlar natijasida Şarqiy Armaniston, Araks daryosidan şimoldagi yerlar (hozirgi Ozarboyjon) Rossiya imperiyasi tarkibiga ötadi. Ruslar Erondan tortib olingan yerlarda Yerevan, Ganja va Şamahi viloyatlarini taşkil etadi.

Arman va ozar xalqlarini tarixda ham bir-biriga raqib bölgan deyiş qiyin. Çunki mintaqadagi yetakçilik köp asrlar davomida ular qölida emas, Möğullar (Elxoniylar), Usmoniylar, Safaviylar va Gruziyada bölgani bois bu ikki xalq töğridan töğri adovatga ega bölmagan.

Deyarli butun Janubiy Kavkaz böylab arman va ozarboyjonliklar birga yaşab kelgan. Xususan, 1917 yilda hozirgi Ozarboyjon hududida 450 mingga yaqin arman yaşagan bölsa, Armanistonning tört uyezdida (Yerevanda ham) ozarlar aholining 49 foizini taşkil qilgan.

Birinçi uruş

Birinçi Ozarboyjon-Armaniston uruşidagi arman askarlari. Foto: Alchetron

Rossiya imperiyasi Birinçi jahon uruşi oxirida qiyin ahvolga tuşib qoladi. Texnika va resurslar yetişmovçiligi sabab ruslar şarqiy frontni uşlaşda qiyinçiliklarga uçraydi. Usmoniylar Rossiyaga qarşi uruşga kirişi natijasida Kavkazda ham front paydo böladi.

Rossiyada fevral inqilobi sodir bölgaç, Kavkaz fronti zaiflaşadi va Turkiya Kavkazda bir qança hududlarni egallab oladi.

Rossiyadagi muvaqqat hukumat tomonidan tuzilgan Kavkazorti komissarligi usmoniylar bilan muzokara olib borişga harakat qiladi, biroq turklar bu muassasani Kavkaz xalqi vakili sifatida tan olmaydi.

Şundan söng Janubiy Kavkaz davlatlari: Gruziya, Armaniston va Ozarboyjon birgalikda Kavkazorti federativ demokratik respublikasini (KFDR) tuzadi. Usmoniylar yangi federatsiya bilan muzokaralar olib borişga rozi böladi. Ammo respublikalarning manfaatlari bir-biriga mos kelmagani bois bu ittifoq tezda tarqalib ketadi. Natijada usmoniylarning hujumlari ham davom etadi. Gruziya va Armaniston turk qöşinlariga kuraş olib boradi, Ozarboyjon esa usmoniylarni qöllab-quvvatlaydi.

Antanta davlatlarining bolşeviklarga qarşi uruşi doirasida Kavkazga ingliz qöşinlari kirib keladi va ular turklarni tinçlik sulhi tuzişga majbur qiladi. 1918 yil 30 oktyabrda tuzilgan Mudros tinçlik şartnomasiga köra, Usmoniylar davlati çegaralari Rossiya bilan uruşdan oldingi çegaralariga qaytariladi.

Tez orada sobiq ittifoqçilar orasida uruş boşlanadi. Avval Gruziya bilan uruş olib borgan Armaniston yangi qöşnisi Ozarboyjon Demokratik Respublikasi bilan ham kuraşişiga töğri keladi. Boku Syunik (Zangezur), Toğli Qoraboğ va Naxçivon viloyatlari tarixan Ozarboyjonga tegişli ekani, armanlar bu yerlarda noqonuniy joylaşib olganini da’vo qiladi.

1918 yil mart oyida Bokuda arman va ozarlar örtasida nizo kelib çiqadi hamda töqnaşuvlar boşlanib ketadi. Bolşeviklar rasman betarafligini aytgan bölsa-da, aslida armanlarga yordam beradi. Bokudagi qirğin natijasida uç mingdan ön ikki minggaça ozarlar öldiriladi. Mart qirğini ikki xalq orasida ilk duşmanlik olovini yoqadi.

1918 yil sentabrda ozarboyjonliklar bilan ittifoq tuzgan Usmoniylar kuçlari Bokuni egallaydi va mart qirğiniga javoban armanlar qirğini uyuştiriladi. Qatliom davomida ön mingdan ortiq armanlar öldiriladi.

Mudros sulhidan söng oktyabr oyida turklar mintaqani tark etgaç, arman kuçlari Toğli Qoraboğni egallab oladi. Andranik Ozanyan boşliq arman qöşinlari 1919 yilda Şuşani qölga kiritiş uçun hujumga ötadi, biroq ingliz qömondonligi buyruği bilan ortga çekinadi. Buyuk Britaniya Toğli Qoraboğ va boşqa hududiy da’volar Parij tinçlik konferensiyasida hal etilişini ma’lum qiladi. Inglizlar ozarboyjonlik Xusravbey Sultonni Toğli Qoraboğ gubernatori etib tayinlaydi. U mintaqadagi ozar kuçlarini mustahkamlaş siyosatini olib boradi.

1919 yil avgust oyida ingliz qöşinlari mintaqani tark etgaç, Xusravbey Sulton arman qöşinlari Zangezur (Syunik)dagi ozar qişloqlarini talayotgani va odamlarni öldirayotgani sabab Zangezurga hujum qiliş uçun Bokudan yordam söraydi. Uning iltimosi qondirilib, 1919 yil 3 noyabrda Ozarboyjon qöşinlari Zangezurga kirib keladi. Lekin bu hujum muvaffaqiyatsiz tugaydi va Ozarboyjon qöşini ortga çekinadi.

Parij tinçik konferensiyasi qaroriga köra Ozarboyjon davlati çegaralari (yaşil rangda)

1920 yil boşida yakunlangan Parij konferensiyasi ham Janubiy Kavkazdagi hududiy muammolarni hal qila olmaydi. Bu paytda ança kuç töplagan armanlar Qoraboğga yordam berişga qaror qiladi. Qoraboğda Navröz bayrami paytida uyuştirilgan qözğolonga javoban Şuşada armanlar qirğini boşlanadi. Armaniston qöşinlari Toğli Qoraboğga kirib keladi, biroq ularing bu yurişi 11-qizil armiya ularni bu yerdan haydab çiqarişi bilan yakunlanadi. Çunki bolşeviklar bu paytda mustaqil Ozarboyjon respublikasini tugatgandi.

Naxçivon uçun janglar ham Ozarboyjon foydasiga hal böladi. Bu yerda Usmoniylar va Ozarboyjon kuçlari armanlarni mağlub etadi hamda 1920 yilda 11-qizil armiya egallaşi bilan viloyat Ozarboyjon yurisdiksiyasiga ötadi.

1920 yil aprelda mustaqil Ozarboyjon, 1921 yil iyul oyida esa mustaqil Armaniston respublikalari tugatilib, SSSR tarkibiga qöşib olinadi.

Nihoyat 1921 yil 5 iyulda Iosif Stalin raisligidagi bolşeviklarning Kavkaz komiteti — Kavbyuro Armaniston-Ozarboyjon mojarosi böyiça yakuniy qaror qabul qiladi: Qoraboğning toğli qismi Ozarboyjonga ötadi va 1923 yil iyul oyida Ozarboyjon tarkibidagi Toğli Qoraboğ avtonom viloyati taşkil etiladi. Zangezur esa Ozarboyjon tomonidan «döstlik ramzi» sifatida Armanistonga beriladi.

1921 yil oktyabrda Kars şahrida Rossiya, Gruziya, Ozarboyjon, Armaniston SSR va Turkiya örtasida şartnoma imzolanadi. Unga köra, Naxçivon viloyati avtonom huquqlar bilan Ozarboyjon tarkibi ötkaziladi. Turkiya va Rossiya Naxçivon avtonom respublikasi maqomining kafillariga aylanadi.

Buning evaziga Turkiya Aleksandropolni Armanistonga, Karsni esa Gruziyaga berişga rozi böladi.

Şu tariqa, sovetlar hukumati Janubiy Kavkaz muammosini hal qiladi.

Ikkinçi uruş

SSSR tarkibiga kirgandan keyin ham Toğli Qoraboğ va Naxçivon muammosi saqlanib qoldi. Stalin davrida armanlarning Toğli Qoraboğ böyiça da’volari şafqatsizlik bilan bostirilgan bölsa, keyingi davrlarda viloyatda kiçik namoyişlar bölib turadi. 1985 yilda Gorbaçyov SSSRda «qayta quriş» siyosatini boşlagaç, Janubiy Kavkazda ahvol yana keskinlaşadi.

Ikkinçi Ozarboyjon-Armaniston uruşi. Foto: TASS

Toğli Qoraboğ aholisi 1988 yilda mitinglar uyuştiradi va hududning Yerevan bilan birlaşişini talab qiladi. Gorbaçyov SSSR Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq respublikalar örtasidagi çegaralar özgarişi mumkin emasligini ma’lum qiladi. Bu esa armanlar noroziligini kuçaytiradi, ular Kavbyuroning 1921 yilgi qarori notöğri va adolatsiz bölganini da’vo qiladi.

1988 yil Toğli Qoraboğ yaqinida arman va ozarlar töqnaşuvi bölib ötadi. Bu yerda ozarlar kaltaklangani haqidagi xabarlarga javoban Ozarboyjon şarqidagi Sumgayt şahrida armanlar qirğini uyuştiriladi. Şahardagi armanlar Armanistonga qoçib ketadi.

Keyingi tört yillikda ikki tomon ham öz hududida qirğinlar uyuştiradi. 1988-1992 yillarda Ozarboyjon va Armaniston öz hududidagi ozar va armanlarni «almaştiradi». Insonlar bir neça yuz yillardan beri yaşab kelayotgan joylarini taşlab, öz respublikalari tomonga ötadi. Natijada bir neça qişloqlar butunlay böşab qoladi.

Gorbaçyov vaziyatni nazoratga oliş uçun Toğli Qoraboğga SSSR Içki işlar vazirligi qöşinlarini kiritadi va viloyatni arman millatçilaridan tozalaş uçun «Halqa» operatsiyasini ötkazadi. Biroq töqnaşuvlar töxtamaydi.

1991 yil SSSR parçalangaç, Toğli Qoraboğda vaziyat butunlay nazoratdan çiqib ketdi. Viloyat referendum ötkazadi va öz mustaqilligini e’lon qiladi. Boku bu referendum natijalarini tan olmaydi. Ozarboyjon viloyatga öz armiyasini kiritadi. Töqnaşuvlar boşlanadi.

Tinç aholiga hujum qiliş holatlari köpayadi, xususan, arman kuçlari Xöjaylida Ozarboyjon tomon ketayotgan yuzlab tinç aholi vakillarini öldiradi.

Harbiy texnika va son jihatdan ustunligiga qaramasdan Ozarboyjon armiyasi bu uruşda yengila boşlaydi. Mamlakatdagi içki tartib buzilib, uç marta hokimiyat almaşinuvi yuz beradi.

Ozarboyjonning muvaffaqiyatsizliklaridan söng Rossiya Armanistonga yordam bera boşladi. Jumladan, Moskva bir million dollar miqdordagi harbiy qurollarni Yerevanga yetkazib beradi.

Ikki yil davom etgan uruş natijasida Armaniston Toğli Qoraboğdan taşqari Ozarboyjonning Kelbajar, Fuzuliy, Oqtom, Jabroyil, Loçin va Zangilon tumanlarini bosib oladi. Şu tariqa, Toğli Qoraboğ va Armaniston hududi birlaştiriladi.

Armaniston Naxçivonni ham öqqa tutib köradi, biroq Turkiya yetakçilari, ayniqsa, Tansu Çillerning qat’iy ogohlantirişidan keyin avtonom respublika hududiga hujumlar uyuştirilmaydi. Turkiya Armaniston bilan çegaraga öz qöşinlarini töplab, Yerevanni Naxçivonga hujum qilgan taqdirda yuz berişi mumkin bölgan jiddiy oqibatlar haqida ogohlantiradi.

Ikkinçi Ozarboyjon-Armaniston uruşidan söng Armanistonga ötgan Toğli Qoraboğ va Ozarboyjon yerlari

1994 yilga kelib Ozarboyjon armiyasi tuşkun kayfiyatga tuşib qolgan, uruşni davom ettiriş Boku uçun jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin edi. Şu bois 1994 yil 5 mayda tomonlar Bişkekda Rossiya vositaçiligida öt oçişni töxtatiş töğrisida şartnoma imzolaydi.

Uçinçi uruş

Ikkinçi Armaniston-Ozarboyjon uruşi yoki Birinçi Qoraboğ uruşidan söng tabiiyki, Ozarboyjon özining yöqotilgan hududlarini qaytarişga intildi. Qoraboğdagi front faolligiça qoldi. Jumladan, 2014 va 2016 yillarda ikki davlat örtasida jiddiy töqnaşuvlar yuz berdi.

Uçinçi Ozarboyjon-Armaniston uruşi ramzlaridan biriga aylangan surat
Armenian Defence Ministry / AFP / Scanpix / LETA

2020 yil sentabr oyida Turkiya va Ozarboyjon qöşma harbiy maşğulotlar ötkazdi. Maşğulotlar tugaganidan bir neça kun ötib, 27 sentabr kuni Ozarboyjon qöşinlari tan olinmagan Toğli Qoraboğ respublikasi bilan front çiziğining janubida keng kölamda hujumga ötdi.

Janglarda oğir artilleriya, zirhli harbiy texnikalar, raketa va dronlar, şuningdek xalqaro hamjamiyatning katta qismi tomonidan taqiqlangan kassetali öqlar va ballistik raketalardan foydalanildi. Turkiya tomonidan taqdim qilingan dronlar Ozarboyjon qöşinlarining ustunligini ta’minlaşda muhim rol öynadi.

Ozarboyjon armiyasi 44 kunlik uruş davomida Armaniston tomonidan 1992-1994 yilgi uruşda egallab olingan tumanlarni qaytarib oldi. 8 noyabr kuni Ozarboyjon kuçlari qadimgi Qoraboğ xonligi poytaxti bölgan, viloyatdagi ikkinçi muhim şahar Şuşani qölga kiritdi. Bu şahar 1992-1994 yilgi uruşda Ozarboyjon kuçlarining tayanç nuqtasi bölgan, keyinroq armanlar tomonidan bosib olingan edi.

Şuşa qölga kiritilgaç, 9 noyabrda Moskvada uç tomonlama muzokaralar bölib ötdi. Unda erişilgan kelişuvlarga muvofiq, Armaniston Toğli Qoraboğ atrofidagi Ozarboyjon yerlarini qaytarib beriş, Ozarboyjon va Naxçivon respublikasi anklavi örtasida transport koridori oçiş majburiyatini oldi. Şuningdek, Toğli Qoraboğ-Ozarboyjon çegarasi va Qoraboğni Armaniston bilan boğlovçi Loçin yölagi xavfsizligini ta’minlaş uçun mintaqaga Rossiya tinçlikparvar kuçlari kiritildi.

44 kunlik uruş Ozarboyjon kuçlari jangovar salohiyati ança ösganini körsatdi. Havo zarbalari yordamida Ozarbayjon armiyasi Armaniston kuçlarining asosiy texnikalarini yöq qildi. Bu uruşdan söng Armaniston armiyasi amalda hujumkorlik imkoniyatini yöqotdi.

Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Yevropa kengaşi raisi Şarl Mişel vositaçiligidagi muzokaralarda. 2022 yil avgust. Foto: EPA

Hozirgi vaziyat

Yaqinda boşlangan navbatdagi töqnaşuvlar oldingilaridan farq qilib, bu safar Ozarboyjon özi ham Armaniston hududi deb tan oluvçi Jyermuk va Vardenis şaharlariga zarba berdi. Ozarboyjon dronlari Armanistonning çegara pozitsiyalari va ta’minot nuqtalarini nişonga oldi.

Harbiy kuraş olib boriş deyarli foydasiz ekanligi bois Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan darhol xalqaro hamjamiyatga murojaat qildi.

Hozirda Ozarboyjonning asosiy maqsadlari amalga oşirilgan. Boku Loçin yölagini nazorat qilmoqda va Toğli Qoraboğni örab olgan. Tan olinmagan respublika oxir-oqibat Ozarboyjon yurisdiksiyasiga ötişi ehtimoli yuqori. Ozarboyjon rahbariyati esa buni hozir, qulay fursat bölganida amalga oşirmoqçi. Mintaqadagi xavfsizlikni ta’minlaşi kerak bölgan Rossiya Ukrainadagi uruş bilan band, qolaversa, ruslar u yerda muvaffaqiyatsizlikka uçrayapti. Bu esa Ozarboyjon va uning ittifoqçisi Turkiyani fursatdan foydalanişga undamoqda.

Sentyabrdagi zarbalar Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga Paşinyan bilan muzokaralarda ustunlikka erişiş, Yerevanni öz şartlarini qabul qilişga majburlaşda yordam beradi. Boku Yerevan ikki yil oldingi va’dasini bajarib, Naxçivon bilan boğlaşi kerak bölgan Zangezur yölagini oçişini xohlamoqda. Biroq bu Aliyev hukumatining oxirgi va yagona istagi bölmasligi mumkin.

Ozarboyjon va Naxçivonni ajratib turuvçi Syunik (Zangezur) viloyati ham tarixan Ozarboyjon xonlariga tegişli bölgan va armanlar Stalinning 1921 yilgi qaroridan norozi bölgani kabi ozarboyjonliklar ham «döstlik ramzi» sifatida berilgan bu viloyat haqidagi qarorni özgartirişni öylaşi mumkin. Lekin bu juda jiddiy qadam böladi, çunki mintaqadagi ozarboyjonliklar bu yerlarni allaqaçon taşlab ketgan va hozirda bu viloyatda asosan armanlar yaşaydi.

AQŞ va Yevropa Ittifoqi tinçlik şartnomasiga erişişga çaqirayotgan bölsa-da, ular ham hozirda Rossiya örniga Yevropaga neft va gaz yetkazib bermoqçi bölayotgan Ozarboyjonni «xafa qiliş» niyatida emas. Aliyev aynan şu vaziyatdan foydalanib, Armanistonni uning ustunligini tan olişga va mintaqada barqaror status-kvo örnatişga harakat qilmoqda.

Muhammadqodir Sobirov tayyorladi