Ta’lim muassasalarida aholiga pulli xizmat körsatuvçi sport tögaraklari taşkil etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.

Pulli xizmat ta’lim muassasalari sport inşootlaridan foydalaniş orqali aholi jismoniy tarbiya va sport sohasiga bölgan ehtiyojini qondiriş, uşbu sohada xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş, sport inşootlari moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş hamda pulli xizmat körsatuvçi trenerlar mehnatini rağbatlantiriş uçun qöşimça mablağlar jalb qiliş maqsadida taşkil etiladi.

Sport inşootida taşkil etiladigan pulli xizmat körsatuvçi sport tögaraklari töğrisida ta’lim muassasalari tomonidan aholi, öquvçi-yoşlar va talabalar örtasida ommaviy axborot vositalari, internet orqali va boşqa şaklda tarğibot işlari olib boriladi.

Tarğibot işlari natijalari böyiça sport tögaraklarida şuğullaniş istagida bölganlar töğrisida ta’lim muassasasida doimiy yangilab boriladigan ma’lumotlar bazasi şakllantiriladi.

Sport tögaraklari şuğullanuvçilar ehtiyojlaridan kelib çiqib ta’lim muassasalari tomonidan şakllantirilgan ma’lumotlar bazasi asosida va trenerlar ixtisosligini inobatga olgan holda taşkil etiladi.

Pulli xizmat körsatganlik uçun tölov miqdori trener tomonidan ta’lim muassasasi rahbariyati bilan kelişilgan holda belgilanadi. Ta’lim muassasasi rahbari rejalaştirilayotgan pulli xizmat turi, hajmi va uni bajariş xarajatlari, tasdiqlangan narxlar va tariflardan kelib çiqib, sport inşootlarida körsatiladigan pulli xizmat daromadlar hamda xarajatlar smetasini tuzadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

Kam ta’minlangan oilalardan tögarakka boradiganlarga tölovlar 50 foizga kamaytiriladi. Bunda oilaning kam ta’minlangani “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali aniqlanadi.

Bir oiladan 2 yoki undan köp farzand iştirok etganda, tölovlar imtiyozli ravişda har bir bola uçun 70 foiz miqdorida qöllaniladi.