Uçraşuvda mamlakatdagi iqtisodiyot va boşqaruvni isloh qiliş doirasida erişilgan natijalar va bu boradagi kelgusi rejalar körib çiqildi.
Maslahatçi Çakrabarti Özbekiston yetakçisini Şanhay hamkorlik taşkiloti Samarqand sammiti muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan tabriklab, prezident tomonidan ilgari surilgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yölida Samarqand birdamligi taşabbusini yuksak baholadi.
Davlat rahbari ustuvor yönalişlardagi yangilanişlarni birgalikda puxta tayyorlaş va keyinçalik amalga oşiriş jarayonini davom ettiriş zarurligini ta’kidladi. Iqtisodiyot muhim tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va raqobatbardoşligini oşiriş, davlat boşqaruvini transformatsiya qiliş va samaradorligini kuçaytiriş, jamiyat hayoti barça jabhalarini raqamlaştiriş, qulay investitsion va işbilarmonlik muhitini yaratiş, yangi kadrlarni tayyorlaş şular jumlasidan.

Suma Çakrabarti uşbu masalalarda Özbekiston hukumatiga bundan buyon ham faol kömaklaşişga tayyorligini bildirdi.
Suma Çakrabarti Özbekiston prezidenti maslahatçisi etib tayinlanişidan avval sakkiz yil davomida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

















