Yagona umumrespublika protsessing markazi (Uzcard)ning ma’lum qilişiça, 23 sentabrdan boşlab Özbekistonda «Mir» kartalariga xizmat körsatiş texnik sabablarga köra töxtatildi.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda «Mir» kobeyj kartasini quyidagi banklar muomalaga kiritgan edi.

  • Aloqabank
  • Mikrokreditbank
  • Milliybank
  • Turonbank
  • Xalq banki
  • Qişlok quriliş bank

Bugungi kunda Turonbank, Mikrokreditbank va Xalq banki saytlaridan Mir kartalar bölimi olib taşlangan.

Rossiyaliklar (relokantlar) Özbekistonda ham «Mir» tölov tizimi kartalariga xizmat körsatilmayotganini aytişmoqda.

Avvalroq, Yagona Respublika protsessing markazi ma’muriyati Uzcard Özbekistonda Rossiyaning «Mir» tölov tizimi kartalarini qabul qilişda davom etişini ma’lum qilgandi. Bu esa e’tirozlarga sabab böldi. Uzcard banklarning biznes siyosatiga aralaşişga haqqi yöqligi, u şunçaki protsessing markaziligi va Özbekistonda «Mir» tölov kartalarini joriy etgan banklar nomidan gapirişi mantiqsizligi aytilgandi.

Hozirga qadar Turkiya, Qozoğiston, Armaniston va Vetnamning bir qator banklari AQŞ va YeIning ikkilamçi sanksiyalariga tuşiş xavfi ortidan Rossiyaning «Mir» kartalariga xizmat körsatişni töxtatdi.