Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi davom etayotgan bir paytda Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaning "Lukoyl" va "Rosneft" kompaniyalariga qarşi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqdagi ma’lumot 15 oktyabr, çorşanba kuni Britaniya hukumati rasmiy saytida e’lon qilindi. Şu kuni jami 90 ta yangi jazo çoralari e’lon qilindi.

Hujjatda aytilişiça, sanksiyalar aktivlarni muzlatiş va trast xizmatlarini körsatiş, transport operatsiyalarini çeklaşlarni öz içiga oladi. Londonning tuşuntirişiça, bu kompaniyalar «Rossiya hukumati uçun muhim ahamiyatga ega», xususan, energetika sohalarida işlaydi. «Lukoyl» va «Rosneft» avvalroq sohaviy çeklovlarga duçor bölgan edi.

«Rosneft» uçun alohida çeklovlar joriy etildi. Unga tegişli bölgan yoki boşqariladigan kemalarga endi Britaniya portlariga kirişga ruxsat berilmaydi. Bundan taşqari, «Rosneft» bilan boğliq samolyotlarga Britaniya havo hududini kesib ötiş yoki qöniş taqiqlanadi.

Londondagi hukumat bayonotiga köra, jami 51 ta kema yangi sanksiyalarga duçor böldi: Rossiya neftini taşuvçi 44 ta tanker va suyultirilgan gaz (STG) taşişda iştirok etgan 7 ta kema, jumladan Arctic LNG-2 loyihasidan. Ularning barçasi «Rossiya energetika resurslarini taşişda iştirok etgan» deb tan olingan hamda suğurta, ta’mirlaş, Britaniya portlariga kiriş va Britaniya yurisdiksiyasi ostidagi har qanday operatsiyalar taqiqlangan.