Idora hujjatni işlab çiqiş uçun asos sifatida Qozoğiston Respublikasi prezidenti Qosim-Jömart Töqayevning yanvar voqealari qatnaşçilari uçun bir martalik amnistiya ötkaziş böyiça berilgan topşiriğini keltirmoqda, deb yozadi Ekspress K.

Hujjatga köra, jinoiy xatti-harakatlar, şuningdek katta bölmagan va örta oğirlikdagi jinoyatlarni sodir etgan şaxslarni töliq jinoiy javobgarlikdan ozod qiliş nazarda tutilmoqda. Oğir va öta oğir jinoyatlar sodir etgan şaxslarga esa jazo muddati qisqartiriladi, — deyiladi QR Boş prokuraturasi taklifida.

Qonun loyihasi davlatga xoinlik, ommaviy tartibsizliklar taşkil etiş, korrupsion jinoyatlar, terrorçilik va ekstremizm bilan boğliq jinoyatlar, qiynoqlar bilan boğliq jinoyatlar sodir etgan şaxslarga, şuningdek, jinoyatlarning retsidivi va xavfli retsidivi uçun jazo belgilangan jinoyatlarga tatbiq etilmaydi.

QR Boş prokuraturasining yana xabar qilişiça, yanvar voqealari böyiça 391 ta (amnistiyaga tuşadigan) jinoyat işlari soni sudgaça tergov organlarida uşlab turilibdi. Ularga köra, 383 nafar gumonlanuvçilar va ayblanuvçilar ötmoqda. Ularning 153 nafari yaşaş joyini tark etmaslik töğrisida tilxat bergan, 147 kişi hibsga olingan, 24 kişi uy qamoğiga hukm qilingan, 19 kişi garov evaziga ozod qilingan, 2 kişi şaxsiy kafillik bilan ozod qilingan. 28 kişiga ehtiyot çorasi qöllanilmagan va 10 kişiga qidiruv e’lon qilingan.

Sud jarayonida 102 kişiga taalluqli 36 ta jinoyat işi körilmoqda. 1035 kişi sud hukmi öqilgan. Ularning 93 nafari ozodlikdan mahrum etiş joylarida jazo ötamoqda, 930 kişi probatsiya ostida, 3 kişiga jarima qöllanilgan, jamoat işlariga 9 kişi jalb qilingan. Heç kim axloq tuzatiş işlariga jalb qilinmagan.

Avvalroq Qozoğiston Respublikasi prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Qozoğiston xalqiga qilgan murojaatnomasida yanvar voqealari iştirokçilariga amnistiya qöllanilişini e’lon qilgan edi.