Özbekiston va Kuvayt poytaxtlari örtasida töğridan töğri havo qatnovlari yölga qöyilganiga bir yil ötganidan söng, Jazeera Airways kompaniyasi Özbekiston şarqiy qismida joylaşgan Namangan yönalişida reyslar oçilganini e’lon qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Aviakompaniya yangi yönaliş böyiça parvozlarni haftasiga uçta reys bilan - duşanba, çorşanba, juma kunlari amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Birinçi aviaparvoz joriy yil 30 sentabr kuni yölga qöyiladi.

Jazeera Airways kompaniyasi boş ijroçi direktori Roxit Ramaçandran ta’kidlaşiça, “bu - Namanganga Yaqin Şarq mintaqasidan ilk yönaliş bölib, Özbekistonning şarqiy qismi bilan rivojlanib borayotgan savdo aloqalari va katta sondagi turistlar imkoniyatiga ega mintaqaga yöl oçadi. Namangan tarixiy obidalari va madaniyati bilan ajralib turuvçi Özbekistoning yengil sanoat va oziq-ovqat markazidir”.

Kuvayt bilan Toşkent va Namangan yönalişlarida töğridan töğri parvozlar amalga oşirilişi ikki mamlakat örtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun muhim hamda respublikaga kelayotgan xorijiy sayyohlar soni sezilarli oşişiga xizmat qiladi. Özbekistonda işlab çiqarilayotgan mahsulotlar Kuvaytga eksporti hajmini oşiriş uçun qulay imkoniyatlar yaratadi.

Hozirgi paytda Jazeera Airways kompaniyasi bilan Al-Kuvayt – Samarqand – Al-Kuvayt yönalişi böyiça aviaparvozlarni yölga qöyiş masalasi işlab çiqilmoqda.