AQŞning Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar milliy boşqarmasi (NASA) Artemis 1 Oy missiyasini işga tuşirişni kamida noyabrgaça keçiktirişi mumkin. Bu haqda 27 sentabr, seşanba kuni agentlik vakili ma’lum qildi.
Bungaça NASA Artemis 1 missiyasining uçirilişini uç marta bekor qilgan. Birinçi ikki marta texnik nosozliklar va yonilği sizib çiqişi sabab bölgan. 27 sentabrga rejalaştirilgan uçinçi uriniş Florida ştatiga yaqinlaşib kelayotgan «Ien» tropik böroni tufayli bekor qilindi.
Boeinğning SLS raketa taşuvçisi börondan himoyalaş uçun yana angarga qaytarildi. Yer va Oyning holatiga boğliq bölgan navbatdagi ehtimoliy uçiriş imkoni 17 oktyabrdan 31 oktyabrgaça, keyin esa 12 noyabrdan 27 noyabrgaça paydo böladi. «Biz bilamizki, eng erta uçiriş oktabr oyi oxirida sodir bölişi mumkin, lekin katta ehtimol bilan noyabr oyining örtalarida amalga oşiriladi», dedi NASA direktori Bill Nelson CNN telekanaliga.
Artemis dasturi 2020 yil sentabr oyida ommaga e’lon qilindi. Uning maqsadi sönggi missiyadan yarim asr ötib kosmonavtlarning Oyga qaytişi, şuningdek, Oyga yaqin stansiya quriş va kelajakda Oyni egallaş uçun şart-şaroitlarni tayyorlaşdan iborat.
2024 yilda NASA Artemis 2 missiyasida Oyga törtta astronavt yuborişni rejalaştirmoqda. Boşqariladigan kema Yer sun’iy yöldoşi atrofida uçişi kerak böladi, şundan söng u Tinç okeaniga tuşadi. 2025 yilga möljallangan Artemis 3 missiyasi doirasida amerikalik astronavtlar Oy yuzasiga qönişlari kerak böladi.

















