Tadbirda Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgaça ta’lim vazirligi hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ta’lim maskanlarida faoliyat yuritayotgan 700 nafar ustoz va murabbiylar iştirok etadi.
Öqituvçilar uçun ikki kun davomida «Boqiy şahar» majmuasiga hamda Samarqand şahrining boşqa diqqatga sazovor joylariga sayohat taşkil etiladi. Öqituvçilar respublikaning barça hududlaridan samolyot, poyezd va avtobusda Samarqandga borib-kelişi ta’minlanadi.
Ma’lumot uçun, «Ipak yöli» xalqaro sayyohlik markazi 15-16 sentabr kunlari ŞHT Samarqand sammitiga mezbonlik qilgan, bu markaz qabul qilgan ilk yirik tadbir bölgandi. Ayni damda Samarqandda Özbekiston ustoz va murabbiylari şarafiga ötkaziladigan tantanali tadbirga tayyorgarlik jarayoni keçmoqda.

















