Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga köra, 2022 yilning yanvar-avgust oylarida uy-joy narxlari Toşkent şahrida 13 foizga, respublika böyiça 7 foizga qimmatlagan. Markaziy bank tahlillariga köra, joriy yilning I çoragida birlamçi bozordagi narxlarning oşişi 4,6 foizni, II çorakda 2,4 foizni, ikkilamçi bozordagi narxlarning oşişi I çorakda 10 foizni, II çorakda 2 foizni taşkil etgan.
1 iyul holatiga, hududlar kesimida birlamçi bozordagi uy-joy narxlarining eng baland örtaça qiymati Toşkent şahri (1 kv metr uçun 9 mln 9 ming söm), Samarqand (8 mln 16 ming söm) va Toşkent (5 mln 568 ming söm) viloyatlarida, eng past narxlar esa Xorazm (3 mln 168 ming söm), Jizzax (3 mln 495 ming söm) va Sirdaryo (3 mln 557 ming söm) viloyatlarida qayd etilgan.

1 sentabr holatiga, hududlar kesimida ikkilamçi bozordagi uy-joy narxlarining eng baland örtaça qiymati Toşkent (1 kv metr uçun 836 dollar), Samarqand (568 dollar) va Navoiy (475 dollar) şaharlarida, eng past narxlar esa Nukus (305 dollar), Jizzax (310 dollar) va Guliston (311 dollar) şaharlarida qayd etilgan.

Nima uçun uy-joy narxi keskin oşib ketdi?
Sönggi 5 yil içida Özbekistonda köçmas mulk narxi keskin qimmatlaşdi. Masalan, 2018 yilda davlat ekspertiza xulosasiga köra, köp kvartirali uy-joylarning 1 m kv narxi 3 mln 982 ming sömni taşkil etgan bölsa, hozirgi kunda bu körsatkiç 9 mln sömdan yuqori. Bunga bir qança omillar ta’sir qilgan bölişi mumkin.
Birinçidan, asosiy quriliş materiallari narxining oşişi. Xususan, 2017 yilda sementning 1 tonnasi 135 ming sömni, 2018 yilda 305 ming sömni taşkil etgan bölsa, joriy yilning 27 sentabr holatiga birja savdolarida 1 tonna sement 602 ming sömdan sotilmoqda.
Şuningdek, valuta siyosatini liberallaştiriş natijasida import qilinadigan quriliş materiallari va anjomlari narxining qimmatlaşişi ham uy-joy qurilişi narxlarining kötarilişiga ta’sir ötkazgan.
Ikkinçidan, urbanizatsiya jarayonining kuçayişi. Oxirgi yillarda urbanizatsiya rağbatlantirilmoqda, şaharlaşuv kengaymoqda. Tuman va viloyat markazlari, şuningdek, poytaxtning ham kengayişi kontekstida uy-joyga talab ortişi yuz bermoqda. Agarda urbanizatsiya Özbekistonda avvalroq boşlanganda edi, talab ham avvalroq oşgan bölardi. Hozir urbanizatsiya bilan boğliq yiğilib borayotgan talabning qondirilişi fonida köçmas mulk narxlari keskin oşib ketdi.













