“Özganing köçmas mulkidan çeklangan tarzda foydalaniş (servitut) huquqini amalga oşiriş tartibini takomillaştirişga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida” qonun loyihasi e’lon qilindi.
Servitut institutiga oid qoidalar Fuqarolik va Yer kodekslarida mustahkamlab qöyilgan bölib, Fuqarolik kodeksi 173-moddasiga asosan köçmas mulk (yer uçastkasi, boşqa köçmas mulk) egasi qöşni yer uçastkasi egasidan, zarur hollarda esa – boşqa yer uçastkasi egasidan ham özganing yer uçastkasidan çeklangan tarzda foydalaniş (servitut) huquqini berişni talab qilişga haqlidir.
Özganing yer uçastkasidan piyoda va transportda öta olişni ta’minlaş, elektr uzatgiç, aloqa va quvur liniyalarini ötkaziş va ulardan foydalaniş, suv bilan ta’minlaş uçun, köçmas mulk egasi ehtiyojlarini servitut belgilamay turib ta’minlanişi mumkin bölmagan boşqa ehtiyojlarini qondiriş uçun servitut belgilanişi mumkin.
Yer uçastkasida servitut belgilanişi yer uçastkasi egasi uşbu uçastkaga egalik qiliş, undan foydalaniş va uni tasarruf etiş huquqlaridan mahrum etmaydi. Servitut belgilaşni talab qilayotgan şaxs bilan özga yer uçastkasi egasi örtasidagi bitimga muvofiq servitut belgilanadi va u köçmas mulkka bölgan huquqlarni röyxatdan ötkaziş uçun belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilişi lozim. Amaldagi qonunçilikka köra, servitut töğrisidagi kelişuvni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat röyxatidan ötkaziş mumkin.
Loyiha bilan Fuqarolik kodeksi, Yer kodeksi va boşqa qonunçilik hujjatlariga tegişli qöşimça va özgartişlar kiritilmoqda.
Fuqarolik kodeksi 173-moddasiga özgartiriş kiritilmoqda. Kodeks servitut şartlari, servitut belgilangan yer uçastkasini böliş servitut yukli yer uçastkasida qurilmalarni saqlaş va boşqa qoidalarni öz içiga olgan 173-1- - 173-7-moddalari bilan töldirilmoqda.
Yer kodeksi 30-moddasiga tegişli özgartiriş kiritilmoqda. Kodeks yer uçastkasiga nisbatan servitut belgilaş töğrisida kelişuv, yer uçastkasiga nisbatan servitut belgilaş töğrisida kelişiş tartibi, servitut töğrisidagi kelişuv iştirokçilari huquq va majburiyatlari, yer uçastkalarini ajratmasdan va servitut (ommaviy servitut) örnatmasdan yerdan foydalaniş, ommaviy servitut uçun haq tölaş, ommaviy servitut egalari huquq va majburiyatlari, ommaviy servitutni bekor qiliş asoslarini va boşqa qoidalarni tartibini belgilovçi 30-1- - 30-8-moddalari bilan töldirilmoqda.

















