Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik sub’yektlari bölmagan ayrim yuridik şaxslarni taşkil etiş va tugatişga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan:
- davlat organlari va muassasalarini davlat röyxatidan ötkaziş va davlat organlarini tugatiş böyiça davlat xizmatini körsatiş ma’muriy reglamenti;
- yuridik şaxslar birlaşmalarini davlat röyxatidan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatiş ma’muriy reglamenti;
- advokatlik tuzilmalarini davlat röyxatidan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatiş ma’muriy reglamenti;
- uy-joy mulkdorlari şirkatlarini davlat röyxatidan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatiş ma’muriy reglamenti;
- tadbirkorlik sub’yektlari bölmagan ayrim yuridik şaxslar davlat reyestrini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom;
- tadbirkorlik sub’yektlari bölmagan ayrim yuridik şaxslarni tugatiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Ikki oy muddatda davlat organlari, taşkilotlari va muassasalari, boşqa davlat organlari huzurida taşkil etiladigan taşkilotlar özlari haqidagi ma’lumotlarni (nomi, poçta manzili, taşkiliy-huquqiy şakli va ta’sis hujjatlari) Davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi.
Adliya vazirligi endilikda davlat organlari, taşkilotlari va muassasalari, boşqa davlat organlari huzurida taşkil etiladigan taşkilotlarni yuridik şaxs sifatida davlat röyxatidan ötkazib, ular reyestrini yuritib boradi.












