Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik taşkiloti işi sifatini taşqi nazoratdan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori qabul qilindi.
Nizomga muvofiq:
- taşqi nazorat moliya vaziri buyruği asosida Moliya vazirligi tomonidan 10 kundan köp bölmagan muddatda ötkaziladi;
- taşqi nazoratni amalga oşirişda auditorlar respublika jamoat birlaşmalari vakillari jalb qilinadi;
- taşqi nazorat oxirgi ikki moliyaviy hisobot davrida majburiy auditorlik tekşiruvini ötkazgan auditorlik taşkilotlariga nisbatan ötkaziladi;
- tijorat banklarini majburiy auditorlik tekşiruvdan ötkazgan auditorlik taşkilotlari Markaziy bank bilan birgalikda taşqi nazoratdan ötkaziladi;
- taşqi nazorat obekti auditorlik taşkiloti auditorlik xizmati körsatişdagi faoliyati hisoblanadi, taşkilot moliyaviy-xöjalik faoliyatiga aralaşişga yöl qöyilmaydi;
- auditorlik taşkiloti tomonidan kerakli ma’lumotlarni taqdim etmaslik uni auditorlik taşkilotlari reyestridan çiqarişga asos böladi;
- taşqi nazorat ötkazilganda tekşiruvçilar “tekşirişlarni röyxatga oliş” kitobini töldirişlari lozim;
- tekşiriş natijasi böyiça auditorlik taşkilotiga 30 kun muddat içida kamçiliklarni töğrilaş haqida xabarnoma beriladi;
- auditorlik faoliyatidan boşqa faoliyat bilan şuğullanganlik, auditorlik tekşiruvida örnatilgan çeklovlarga rioya etmaganlik va soxta auditorlik xulosalari taqdim etilgani aniqlanganda Moliya vazirligi sudga murojaat etişga haqli;
- taşqi nazorat natijalari va körilgan çoralar Moliya vazirligi saytida e’lon qilinadi.

















