Jizzax viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan suriştiruv harakatlari davomida qoidabuzar traktorçi Jizzax viloyatining Şarof Raşidov tumani hududidan ötgan 4R38 Jizzax-Uçtepa-Navbahor avtomobil yölida harakatlangani aniqlangan.

Jizzax viloyati Paxtakor tumani Suvonobod mahallasida yaşovçi, 1990 yilda tuğilgan haydovçi yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzib, “Belarus-80X” rusumli, 25ĞA314 davlat belgili traktorga 14 ta tirkama taqib harakatlangan.

Qayd etilişiça, uşbu holat yuzasidan haydovçiga nisbatan tegişli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Har yili paxta teriş mavsumida traktorçilar tomonidan yöl-harakati qoidalarini buzib harakatlaniş holatlari, tirkamalarga nur qaytaruvçi çiroq yoki lenta tortmasdan harakatlaniş holatlari köpayadi. Oqibatda, yengil maşinalarning traktorlarga taqilgan tirkamalarga borib uriş holatlari sodir böladi.

Jumladan, 2022 yil 1 sentabr kuni tunda Andijon viloyatiga tegişli Cobalt özidan oldinda ketayotgan traktorning tirkamasiga borib urilgan. Oqibatda ikki nafar yölovçi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bölgan. Haydovçi va yana ikki nafar yölovçi tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmatining ma’lum qilişiça, ayni vaqtda Namangan viloyati miqyosida YHXB mas’ullari tomonidan traktor haydovçilari örtasida tuşuntiriş işlari olib borilib, tungi vaqtda yoritiş çiroqlari va nur qaytargiçlar soz holda harakatlaniş böyiça qat’iy nazorat qilinmoqda.