Keça, 3 oktyabr kuni AOKAda oilaviy jinoyatlar va zöravonliklarning oldini oliş böyiça qilinayotgan işlar tahliliga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.
Unda Kun.uz muxbiri tomonidan 3 yoşli farzandini ayiq qafasiga taşlab yuborgan ayol va uni bu işga majbur qilgan omillar, oiladagi ehtimoliy zöravonlik holatlari qançalik tahlil qilingani, şuningdek, “Qalampir.uz” naşri muxbiri Feruza Najmiddinovaga nisbatan uning şa’nini kamsituvçi tuhmat video tarqatgan şaxslar aniqlangan yoki aniqlanmagani böyiça izoh söraldi.
Savol yuzasidan dastlab Boş prokuratura katta prokurori Öktam Ötayev izoh berdi.

“Bu ayol majburiy tartibda davolanişga yotqizilgan. Hozir asosiy masala uning tezroq tuzalib çiqişi. Avvalo şuni aytiş kerakki, soğlom odam öz farzandini ayiq çangaliga taşlamaydi.
Sizning vaziyat nega bu darajaga kelib qoldi, degan savolingizga Soğliqni saqlaş vazirligi xodimlari töliqroq javob beradi. Çunki ruhiy xastalikning sabablari juda köp. Agar sizda uni bunga majbur qilişgani holati yuzasidan ma’lumotlar bölsa, biz bilan bölişing”, – dedi prokuror.
Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi birinçi örinbosari Ozoda Parpiboyeva savollarga javoban qömita faoliyati yölga qöyilganiga köp bölmagani, hozirgi vaqtda tizimdagi kadrlarni öqitiş va malakasini oşiriş çoralari körilayotganini aytdi.

“Oila va xotin-qizlar qömitasi 1 martdan faoliyat boşladi. Juda katta tizim işlab çiqildi. Bu – mahalla raisi, yoşlar yetakçisi va xotin-qizlar faoli. Bizda jami 9 370 ta mahalla bor. Bu mahallalarning har biriga xotin-qizlar faoli biriktirildi. Biz mahalladagi ayollarning muammolarini örganiş böyiça işni birinçi navbatda ularni öqitişdan boşladik. Bunda avvalo hokim örinbosarlari, oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliqlari, bölim boşliqlari, şuningdek, har bir mahallada xotin-qizlar faollarini öqitdik.
















