Transport vazirligi, Özbekistonning Latviyadagi elçixonasi, Investitsiyalar vazirligi mas’ullari, Uzbekistan Airports hamda Finlyandiyaning Finnair aviakompaniyasi vakillari iştirokida video-konferens-aloqa şaklida uçraşuv ötkazildi.

Uçraşuvda Finnair aviakompaniyasining davlat organlari bilan aloqalar departamenti direktori T.Koskinen Skandinaviya mamlakatlaridan Özbekistonga keliş istagida bölgan sayyohlar uçun töğridan töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş istiqbollarini muhokama qilib, uşbu yönalişda aviakompaniya rejalari bilan örtoqlaşdi.

Aviakompaniya yölovçi taşuvlarini Uzbekistan airways bilan "Kod-şer" tijoriy kelişuvlari asosida amalga oşiriş, yuk taşuvlari yönalişida reyslarni amalga oşirişga qiziqiş bildirayotganini ma’lum qildi.

Muloqot davomida Transport vazirligi xorijiy aviakompaniyalarning Özbekistonga yangi reyslarni yölga qöyiş borasidagi takliflarini töliq qöllab-quvvatlaşi ta’kidlandi.