AKT vaziri Şerzod Şermatov Kun.uz muxbirining raqamni saqlab qolgan holda mobil operatorni almaştiriş imkoniyati qaçon yuzaga kelişi borasidagi savoliga javob berdi. Vazir bu tizimda bir kişining raqamidan boşqa kişi telefon qilişi xavfi borligi uçun xavfsizlik masalasi ustida işlanayotganini aytdi.
Xalqaro press klub sessiyasida AKT vaziri Şerzod Şermatov MNP tizimi borasidagi savolga javob berdi.
Uning aytişiça, tizim deyarli bitgan, faqat integratsiya masalalari qolgan.
“Bir operatorda işlatayotgan raqamingizni boşqa operatorga ötkaziş uçun texnologik yeçim deyarli işlab çiqilgan. Integratsiya va xavfsizlik masalalari qolgan. Ya’ni sizning nomingizdan boşqa odam kimgadir telefon qilişi kabi muhim xavfsizlik jihatlari bor. Boşqa davlat organlari bilan bu işlarni oxiriga yetkazamiz”, – dedi vazir.
Şermatovning sözlariga köra, bu tizim ayti eksportini rivojlantiriş, ayti xizmatlaridan tölaqonli foydalaniş böyiça huquqlari qiynaydigan masala emas.
U şuningdek, “mobil qullik” atamasi unçalik töğri emasligini ta’kidladi.
“Dunyoda ham MNP tizimi bor, ammo u rezonans bölib qanaqadir ayti eksporti yoki ayti xabiga ta’sir qilgani yöq. Ertaga juda köp odam raqam almaştirişi qiyin. Çunki iste’molçilar operatorlar örtasida juda katta farq bölib ketsa yoki biror kompaniya yopilib ketsa, raqamini saqlab qoliş maqsadida bu tizimdan foydalanişi mumkin. Işlar oxiriga yetgandan keyin xabar beramiz. Aytganimdek, tegişli organlar bilan kelişadigan joylarimiz bor”, – dedi vazir.
Avvalroq, Kun.uz “mobil qullik”ka hamon barham berilmayotgani, bu boradagi va’dalar ortga surilib kelayotgani haqida yozgandi.
Ma’lumot uçun, MNP tizimi şunday tizimki, bu Özbekistonning istalgan uyali aloqa kompaniyasi abonenti özining telefon raqamini saqlab qolgan holda kompaniyani özgartirişi mumkin bölişini anglatadi.

















