Biroq ob-havo özgaryapti. Kuzda janglar davom etayotgan hududlarda loygarçilik kuzatilsa hujum qiliş deyarli imkonsiz işga aylanadi. Çunki ularsiz oldinga siljiş va duşmanga qarşi samarali hujum qiliş qiyin bölgan oğir harbiy texnikalar bunday şaroitlarda şunçaki loyga botib qoladi. Asfalt yöllar esa doimo artilleriya qurollari nişonida turadi. Şu sababli, Ukraina qurolli kuçlari (şuningdek, Rossiya armiyasi ham) kelgusi yildagi uruşning yangi bosqiçiga tayyorgarlik körişni boşlab yuborgan.

Moskva şoşilinç safarbar qilinayotgan rossiyaliklar orqali frontdagi yöqotişlar örnini töldirişiga umid qilayotgan bölsa, Kiyev Ğarbning eng sönggi texnologiyasiga muhtojligini ta’kidlab keladi.

Ukraina allaqaçon qarşi hujumda muvaffaqiyatga erişdi, ammo endi bu ustunlikni rivojlantiriş va mustahkamlaş kerak. Ukrainaga Ğarbdagi ittifoqçilarning qaysi eng sönggi texnologiyalari yordam beradi — quyida şu masala körib çiqiladi.

IRIS-T SL zenit raketalari (Germaniya)

Bundesverning (Germaniy armiyasi) zamonaviy havo hujumidan himoya raketalari. Uşbu raketa tizimi şunçalik yangiki, nemislar u bilan hali öz armiyasini ta’minlaşga ham ulgurmadi, lekin yangi qurolni darhol Ukraina qurolli kuçlariga yuborişga va’da berdi.

Zamonaviy raketalar 1990-yillar oxirlarida NATO samolyotlari uçun işlab çiqilgan va 2000-yillar örtalarida yer tipiga asoslangan raketalarning birinçi sinovlari ötkazilgan. Ular asosida nafaqat Rossiya samolyotlarini, balki dronlarni ham nişonga ola biluvçi havo hujumidan himoya tizimi yiğilgan. Uşbu zenit raketalar töplami Moskva Erondan sotib olgan «Shahed-136» kamikadze dronlarini ham muvaffaqiyatli yöq qila oladi.

Raketalar infraqizil yönaltiruvçi kallaklardan foydalanadi, biroq dastlabki öq uziş radarlardan olingan GPS ma’lumotlari yordamida amalga oşiriladi, bu esa nişonni aniqroq möljalga oliş imkonini beradi. Raketaning uçiş tezligi 3,5 ming km/soatdan oşadi, bu Rossiyaning eng zamonaviy Su-57 samolyotlari tezligidan (2,6 ming km/soatgaça) yuqoriroq.

Rossiya aerokosmik kuçlarining havodagi ustunligi hisobga olinsa, nafaqat osmonni nazorat qila oladigan, balki muhim obektlarni dronlar zarbasidan himoya qiladigan eng yangi havo mudofaa tizimlarini Kiyevga yetkazib beriş Ukraina qurolli kuçlarining oldinga harakatlangan bölinmalarini havo hujumidan himoya qiliş imkonini ham beradi.