XKSga uçirilgan SpaceX kompaniyasining Crew Dragon-5 köp martalik kosmik kemasi orbitaga muvaffaqiyatli çiqarildi. Bu haqda NASA 5 oktyabr, çorşanba kuni xabar berdi. Ekipaj tarkibiga NASA'ning ikki astronavti – Nikol Mann va Joş Kassada, Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) astronavti Koiçi Vakata va Roskosmos kosmonavti Anna Kikina kiradi.
Koinot kemasi Falcon 9 oğir raketa taşuvçisi yordamida Floridadagi Kennedi koinot markazidagi 39A start kompleksidan Moskva vaqti bilan soat 19:00 da uçirildi. 6 oktyabr, payşanba kuni Crew Dragon Moskva vaqti bilan soat 23:57 da XKS Amerika segmentining Harmony moduliga avtomatik ravişda ulanişi kerak. Ekipaj a’zolari beş oy davomida stansiyada işlaşi kerak böladi va köplab ilmiy tajribalar bilan şuğullanişadi.
2022 yil iyul oyida XKS dasturi doirasida NASA va Roskosmos örtasida 2022-2024 yillarda uç nafar rossiyalik kosmonavtning Amerikaning Crew Dragon boşqariladigan kosmik kemasida va uçta amerikalik kosmonavtning Rossiyaning «Soyuz MS» boşqariladigan kosmik kemasida özaro parvozlari böyiça kelişuv imzolangan edi. Hujjatda kosmonavtlar va astronavtlarning jami uçta «almaşinuvi» közda tutilgan.
21 sentabr kuni özaro parvoz dasturining birinçi ekipaji Boyqönğirdan XKSga uçirildi. «Soyuz MS-22» kosmik kemasi ekipaji tarkibida Roskosmos kosmonavtlari Sergey Prokopev va Dmitriy Petelin, şuningdek, NASA astronavti Fransisko Rubio bor edi.
Hozirda NASA astronavtlari Çell Lindgren, Robert Xayns, Jyessika Uotkins va Yevropa kosmik agentligi (ESA) astronavti Samanta Kristoforetti stansiyada işlaşda davom etmoqda.

















