Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) direktorlar kengaşi Rossiya va Belarus boksçilarining IBA şafeligidagi musobaqalarga kiritilişiga qöyilgan taqiqni bekor qildi. «IBA siyosat sportga heç qanday ta’sir körsatmasligi kerakligiga qat’iy işonadi. Şuning uçun barça sportçilarga teng şaroit yaratilişi kerak», - deya e’lon qildi rossiyalik Umar Kremlyov 5 oktyabr, çorşanba kuni.
Xalqaro boks assotsiatsiyasining qarori darhol kuçga kiradi. Bundan buyon Rossiya va Belarus sportçilari IBA musobaqalarida öz mamlakatlari bayroqlari ostida iştirok etişlari, ğalaba qozonişsa, öz mamlakatlari madhiyalari yangraşi, jamoalar vakillari musobaqalarga taşrif buyurişlari mumkin böladi. Xabarda, şuningdek, IBA siyosiy jihatdan betaraf, mustaqil va «barça mojarolarda tinçlikparvar» bölib qolişi ta’kidlangan.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan söng Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) butun dunyo sport taşkilotlarini Rossiya va Belarusda ötkaziladigan tadbirlardan boş tortişga, bayroqlarini kötarmaslikka, rossiyalik va belaruslik sportçilarni xalqaro musobaqalarda iştirok etişiga yöl qöymaslikka, bu davlatlarning rasmiylarini ularga taklif qilmaslikka çaqirdi. Aksariyat sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari, jumladan, IBA uşbu tavsiyalarga amal qilgan.
Umar Kremlyov may oyida IBA prezidenti etib qayta saylandi. U raqobatsiz nomzod böldi. Sentabr oyida uning tayinlanişi IBA'ning navbatdan taşqari kongressida tasdiqlangan. Boksdan taşqari, rossiyalik sportçilar dzyudo, bobsley va stol tennisi böyiça xalqaro musobaqalarga ham kiritiladi.
Navbatdan taşqari kongressga bir neça kun qolganda assotsiatsiya Ukraina boks federatsiyasi a’zoligini töxtatdi, deya ta’kidlaydi OAV. Bunga Ukrainaning IBA işlariga aralaşgani va Kiyevning Kremlyov qarorlarini tan olmagani sabab qilib körsatilgan.
Kremlyov Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan keyin yirik xalqaro sport taşkilotlari rahbarligida qolgan ikki rus fuqarosidan biri. Rossiyalik milliarder Vladimir Lisin Xalqaro öq otiş federatsiyasini boşqaradi.
Xalqaro olimpiya qömitasi hali boksni Los-Anjyeles-2028 musobaqalar dasturiga kiritmadi va IBA «Gazprom»ga moliyaviy qaramlikdan xalos bölişi kerakligini aytdi. Boks böyiça musobaqalar Olimpiada öyinlarida 1904 yildan beri ötkazib kelinmoqda, 1912 yilda Stokholmdagi öyinlar bundan mustasno.

















