BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşi 51-sessiyasida Xitoyning Şinjon-Uyğur avtonom viloyatidagi inson huquqlari bilan boğliq vaziyatni muhokama qiliş va maxsus yiğiliş ötkaziş böyiça sörov rad etildi.

Qayd etilişiça, loyihani 17 ta davlat qöllab-quvvatlagan, 11ta davlat betaraf qolgan, 19 ta davlat esa qarşi ovoz bergan. Xususan, ovoz beriş natijalari quyidagiça bölgan:

Qöllab-quvvatlaganlar: Çexiya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Gonduras, Yaponiya, Litva, Lyuksemburg, Marşall orollari, Çernogoriya, Niderlandiya, Paragvay, Polşa, Janubiy Koreya, Somali, Buyuk Britaniya va AQŞ.

Qarşilar: Boliviya, Kamerun, Xitoy, Kot-d'Ivuar, Kuba, Eritreya, Gabon, Indoneziya, Qozoğiston, Mavritaniya, Namibiya, Nepal, Pokiston, Qatar, Senegal, Sudan, BAA, Özbekiston va Venesuela.

Betaraflar: Argentina, Armaniston, Benin, Braziliya, Gambiya, Hindiston, Liviya, Malavi, Malayziya, Meksika va Ukraina.

Şu tariqa, Xitoyning musulmon aholisi huquqlari buzilişi masalasi BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşi kun tartibiga kiritilmadi.

Avvalroq, Birlaşgan millatlar taşkilotining Inson huquqlari böyiça Oliy komissar boşqarmasi Şinjon-Uyğur avtonom viloyatidagi huquqbuzarliklar haqida uzoq kutilgan hisobotini e’lon qilgandi. Hujjatda mintaqadagi uyğurlar va boşqa musulmon ozçiliklar huquqlarining bir qator buzilişi tafsilotlari bayon etilgan, ammo AQŞ va boşqa davlatlar tomonidan aytilgan ayblov - genotsid haqida söz yuritilmagandi.

Xitoy hukumati uyğurlarga qarşi yuqori texnologik kuzatuvlar olib boriş va ularni farzandlar ota-onalaridan ajratiladigan majburiy mehnat lagerlariga jönatişda ayblab kelinmoqda. Rasmiy Pekin esa lagerlar köngilli ta’lim va malaka oşiriş uçun taşkil qilinganini aytib keladi.

AQŞ hukumati Xitoyning Şinjon-Uyğur muxtor viloyatidagi uyğurlarga nisbatan harakatlarini «genotsid» va «insoniyatga qarşi jinoyat» deb hisoblaydi. Xitoy hukumati esa da’volarni «Xitoy duşmanlari tomonidan töqib çiqarilgan dezinformatsiya va yolğon» deb rad etadi.