Sentyabrda talabalar uçun yotoqxona muammosi örtaga çiqqaç, şahar hokimining taşabbusi bilan Yangihayot tumanidagi “Tashkent Index” savdo majmuasi yotoqxonaga aylantirilgan edi. U yerda qanday şaroitlar bölişi haqida Kun.uz dastlabki reportajida ma’lumot bergan edi. Oradan qariyb bir oy ötmoqda, xöş, hozirda ikkinçi talabalar şaharçasiga aylangan joyda hayot qanday? Kun.uz'ning navbatdagi reportaji şu haqda.

Toşkentda deyarli barça OTM 5 kunlik ta’lim tizimiga ötgan. Demak, talabalarning aksariyati şanba kuni katta ehtimol bilan yotoqxonada bölişi kerak. Şu umid bilan Yangihayot tumaniga talabalar bilan suhbatlaşgani bordik. Ammo köplab talabalar işlagani yoki özining boşqa yumuşi bilan yotoqxonadan çiqib ketgan yekan.

“Tashkent Index” savdo majmuasi turli bloklarga bölingan va şunga qarab, qizlar va yigitlar A, B, C, D, E bloklarga joylaştirib çiqilgan. Undagi har bir xonada 5-7 kişi yaşaşi uçun şaroitlar qilingan.

Toşkent şahar hokimligi ma’lumotiga köra, 10 kun içida 3,5 ming nafar talaba uçun joy tayyorlangan. 20 sentabr holatiga köra, u yerga 1 681 nafar talaba joylaştirilgan.

“Toşkent turin politexnika universitetining Metallurgiya yönalişida öqiyman. Bizda birinçi kurslar uçun 12 sentabrdan öqiş boşlangani uçun yotoqxonaga şu kuni kelib joylaşdim. Şaroitlari yaxşi, biz faqat öqib, darsimizni qilsak böldi. Masalan, bu xonalarni, boşqa joylarni tozalab yurmaymiz. Özlari kelib, tozalab ketaverişadi. Xonalarimizda konditsioner örnatilgan. Krovatlarimiz bor, unga çoyşab, yostiq ham berişgan. Oşxonamizda ham hamma şaroitlar yaratilgan. Muzlatkiç, gaz plitalar, mikrotölqinli peçlar berişgan.