Quyi Chirchiqda 24 yoshli ayolning o‘limida loqaydlikka yo‘l qo‘ygan IIB xodimlari jazolandi
25 avgust kuni Quyi Chirchiqda 24 yoshli ayolning eri tomonidan pichoqlab o‘ldirilishida loqaydlikka yo‘l qo‘ygan uchastka noziri ishdan olinib, tuman IIB rahbariyatiga hayfsan berildi. Bu haqida Kun.uz’ga viloyat IIBB matbuot xizmati rahbari Bobur To‘laganov ma’lum qildi.

Foto: KUN.UZ
Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida er 24 avgust kuni rashk sabab xotinini xususiy bog‘chadagi bolalar ko‘z o‘ngida bo‘g‘ib, urgani aks etgan videolavha internetda tarqalgandi. 25 avgust kuni u otasinikida yashayotgan ayolini o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi.
Marhumaning otasi Kun.uz'ga bergan intervyusida 24 avgust kuni qizi kaltaklangach IIBga murojaat qilgani, lekin profilaktika inspektori daladagi ishlarini bahona qilib, huquqbuzarga chora ko‘rmaganini aytgan va qizining o‘limida u ham aybdor deb hisoblashini ta’kidlagandi.
Shundan keyin 28 avgust kuni viloyat IIBB voqeaga daxldor barcha xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berilishini va’da qilgandi. Bu orada gumonlanuvchi yashagan Madaniyat mahallasi raisi ishdan ketdi. Kun.uz muxbiri viloyat IIBB matbuot xizmati bilan bog‘lanib, vaziyat haqida ma’lumot so‘radi.
“Quyi Chirchiq tumani Madaniyat mahallasida yuz bergan mazkur holat yuzasidan mahallaning profilaktika inspektori o‘z lavozimidan ozod etildi. Tuman IIB rahbariyatiga esa intizomiy jazo, ya’ni hayfsan berildi”,- deya ma’lum qildi viloyat IIBB maxbuot xizmati rahbari Bobur To‘laganov.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorazmda pulini ko‘paytirib berishni aytib, mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 20:24
-
Bitta mashinada nuqson topilsa, brendning hamma modellarini yoppasiga taqiqlash to‘g‘rimi?
O‘zbekiston | 20:13
-
AQSh Xo‘jand deklaratsiyasi va chegaralarning tutash nuqtasi bo‘yicha shartnomani olqishladi
O‘zbekiston | 20:07
-
Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi
Jahon | 20:01
Mavzuga oid

15:15 / 16.07.2024
Toshkent viloyatida noqonuniy chiqindixona tashkil etgan shaxs qariyb 4 yilga qamaldi

18:52 / 29.01.2024
Quyi Chirchiq tumanida onasiga aliment to‘lamagan aka-singil 15 sutkaga qamaldi

14:26 / 15.02.2023
Xotinini farzandlari ko‘z o‘ngida pichoqlab o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

17:43 / 13.10.2022