Elektron raqamli imzodan foydalaniş sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi. Elektron raqamli imzo va qölda şaxsan qöyilgan imzo bir xil ahamiyatga ega ekani e’tirof etildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi ERIdan foydalaniş sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi. ERI kalitlarini röyxatga oliş markazi hamda şaxslar örtasidagi ERIdan foydalaniş sohasidagi munosabatlar şartnoma asosida amalga oşiriladi.
ERI kalitini beriş yoki uning sertifikatini röyxatga oliş bir iş kunidan oşmasligi kerak. ERI kalitiga ega bölgan şaxslar ERI mavjud bölişi talab qilinadigan davlat xizmatlari barça turlaridan erkin foydalaniş imkoniyatiga ega böladi.
Jismoniy va yuridik şaxslar bir neçta ERI kalitlariga ega bölişi mumkin. Har bir ERI kaliti sertifikatini röyxatga oliş belgilangan tartibda alohida amalga oşiriladi.
ERI kaliti sertifikati amal qiliş muddati röyxatga olingan paytdan e’tiboran 24 oydan oşmasligi kerak. Bunda ERI amal qiliş muddati ikki martadan köp bölmagan muddatga uzaytirilişi mumkin.
Özbekiston xorijdagi fuqarolari, çet el jismoniy va yuridik şaxslari hamda fuqaroligi bölmagan şaxslar ERIni konsullik muassasalari, diplomatik vakolatxonalar konsullik bölimlari orqali olişi mumkin.
Yangi tahrirdagi qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi.
















