Kun.uz muxbirining ma’lum qilişiça, memorandumlar Toşkentda boşlangan Turkiy davlatlar taşqi siyosiy tadqiqotlar markazlarining TDT maydonida savdo-iqtisodiy kooperatsiya va transport-logistika boğliqligini rivojlantiriş masalasiga bağişlangan 8-yiğilişi davomida imzolangan.

SMTI direktori Eldor Aripov Özbekistonda ilk bor Turkiy davlatlar tahlil markazlari yiğilişiga töxtalib, bugun turkiy tilli davlatlarning özaro hamkorligi zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimining muhim elementiga aylanayotganiga e’tibor qaratdi.

«Va bu şunçaki sözlar emas. Mamlakatlarimiz salmoqli inson kapitaliga ega – bir yuz ellik millionga yaqin kişi. TDT mamlakatlari yalpi içki mahsuloti 1,2 trillion dollarni taşkil etadi. Bu Osiyo yalpi içki mahsulotining 5,5 foizidir.

TDT mamlakatlarida sanoatning yillik ösiş sur’ati örtaça 8-12 foizni taşkil qiladi. TDT içida katta savdo aylanmasi ham mavjud – yigirma bir mlrd dollar. TDTning yana bir muhim afzalligi şundaki, uşbu Taşkilot bir-biriga yaqin bölgan hamda öxşaş qadriyatlar va tamoyillarni tarğib qiluvçi mamlakatlarni birlaştirgan», - dedi Eldor Aripov.

SMTI direktori şuningdek, Şavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida Özbekistonning Turkiy kengaş doirasidagi aloqalari izçil kengayayotgani haqida gapirdi.

«Bu haqida faktlar dalolat beradi. 2016 yildan buyon Özbekistonning turkiy dunyo davlatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi uç barobar ortib, töqqiz milliard dollardan oşdi. Özbekiston taşqi savdosining yigirma ikki foizi TDT mamlakatlari hissasiga töğri keladi.

Investitsiyaviy hamkorlik ham ulkan sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Oxirgi beş yil içida Taşkilotga a’zo mamlakatlardan Özbekistonga töğridan-töğri investitsiyalar deyarli bir yuz ön beş barobar ösdi.

Barça ijobiy natijalarga qaramay, erişilgan yutuqlarda töxtab qolmaslik muhimligini ham tuşunamiz», - deya Eldor Aripovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.