Özbekistondan Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov bu xalqaro forumda qatnaşar ekan, “Xitoy va global boşqaruv taşabbusi” sessiyasida ham nutq sözladi. Uning sözlariga köra, mavjud xalqaro mexanizmlar katta davlatlar örtasida kelişilgan qarorlarni özgartirolmaydi, ya’ni hozir mavjud tizim juda zaif. Xalqaro hamjamiyat jahon tizimining kelgusi rivojlaniş yölini tanlaş borasida jiddiy tanlov oldida turibdi. 

“Yoki köp tomonlama hamkorlikning samarali mexanizmlarini tiklaşga erişiladi yoki jahon tartibi kuçlar muvozanati va strategik tiyib turiş mantiği asosida şakllanadi — bu tendensiyalarni biz bugun dunyoning köplab mintaqalari misolida allaqaçon kuzatmoqdamiz”, — deya qöşimça qildi Aripov. 

Şu nuqtai nazardan, konstruktiv muloqot va murosa yöllarini izlaş imkoniyatlarini qöldan boy bermaslik ayniqsa muhim.

Özbekistonlik ekspert fikriça, Pekin tomonidan taklif etilayotgan taşabbuslar jahon tizimining kelajagi haqidagi xalqaro munozarani rivojlantirişga salmoqli hissa qöşişi mumkin.

Xitoy jahon tartibiga şunçaki muqobil qaraşni emas, balki boşqaruvning özga falsafasini taklif etib, universal tamoyillar haqida söz yuritmoqda, deydi forumda qatnaşgan özbekistonlik ekspert.

Ma’lumki, Xitoy bugun Markaziy Osiyoning asosiy savdo şerigiga aylanib bölgan. Forumdagi sessiyalarda bu ham muhokama qilinayotgan mavzulardan biri böldi. 

Xitoyning Markaziy Osiyodagi ösib borayotgan roli global boşqaruv tizimining yanada plyuralistik va özaro boğliq bölib borayotgan kengroq transformatsiyasini aks ettiradi, deydi Özbekistondagi davlat aql markazi - SMTI rahbari. 

Biroq, Markaziy Osiyo bugun Xitoydan taşqari, Rossiya, AQŞ, Yevropa ittifoqi, Turkiya, Fors körfazi mamlakatlari va xalqaro institutlar bilan ham faol hamkorga aylangan. Bu raqobat emas, bir-birini töldiriş, suverenitetni mustahkamlaşga yordam beruvçi muhim şartlardir, deydi ekspert. 

Eslatib ötamiz, Ozarboyjondagi forumda 400 dan ortiq xorijlik mehmonlar qatnaşdi.