Asia-Plus xabariga köra, Tojikistonda işlab çiqilgan Dodaho.tj izlaş tizimi uçun Özbekiston «IT Park»i 10 million dollar taklif qilgan.
Google va Yandeks tizimlarining tojikça muqobili MISiS universiteti Duşanbe filiali öqituvçisi Fayzullojon Safarov va döstlari tomonidan işlab çiqilgan.
«Özini Özbekiston «IT Park» menejyeri deb taniştirgan şaxs Dodaho.tj izlaş tizimi nomini Dodaho.uz deb özgartirişni taklif qildi, biz rozi bölmadik va uni sotişdan boş tortdik. Çunki bu milliy mahsulot va millat manfaati şaxsiy manfaatlardan ustun bölişi kerak. Biz uni heç kimga sotmaymiz», dedi Fayzullojon Safarov.
Uning sözlariga köra, hozirgi vaqtda dodaho.tj izlaş tizimidan 1 millionga yaqin kişi foydalanadi. Dodaho resurslarida esa 35 ta tildagi 500 mingdan ortiq elektron kitoblar, ommaviy adabiyotlar va foydali ma’lumotlar bor.

Öz navbatida tizim asosçisi innovatsion loyihalariga mahalliy investorlar va hukumat tomonidan qiziqiş yöqligini aytdi.
«Muvaffaqiyatimizga işonişmadi, Google va Yandeks bilan raqobatlaşiş murakkab ekanini aytişdi, ammo biz oldinga qarab boryapmiz. Loyiha asosan ota-onam, aka-ukalarim va ba’zi döstlarim tomonidan moliyalaştirilmoqda», deb qöşimça qildi Safarov.
Fayzullojon Safarov döstlari bilan birga Dodaho milliy brauzerini ham işlab çiqqan.













