Yaqindagina Zangiota tumani Nazarbek şaharçasida yaşovçilarni qiynayotgan yöl muammosi haqida reportaj e’lon qilgan edik. Afsuski, hudud aholisi ta’lim taşkilotlarining ahvolidan ham şikoyat qilmoqda. Gap şundaki, 11 oktyabr kuni Nayman mahallasidagi 23-sonli boğçaning devorlari çökib, bir ahvolga kelgan.
Holatni örganiş maqsadida boğçaga bordik va mudira Nargiza Magdiyeva bilan suhbatlaşdik. Uning aytişiça, bu maktabgaça ta’lim taşkiloti 2021 yil 13 sentabr kuni foydalanişga topşirilgan. Lekin topşirilganiga atigi 1 yil bölgan bölsa-da, ahvol şunday… Devorlar çökib, yuqori qismlari yorilib yotibdi.

“12 oktyabr kuni ertalab işga kelganimizda şunday holat yuz bergan ekan. Bu devorning tagi şibbalanmagan (trambovka qilinmagan), suv ketgani uçun devorlar çökkan deb aytişmoqda. Bir kunda sodir böldi hammasi, 11 oktyabr kuni keçasi soat 6 da ketayotganimizda barça narsalar joyida edi.
Ertasi kuni bu holat bölib turibdi, hozir hamşira xonasi, idiş-tovoq yuvadigan xona va omborxona devorlari çökkan.
Devor çökkanini körgaç, öşa kuni bolalarni 1 kun qabul qilmadik. Quruvçini çaqirdik, kelib kördi. 12 oktyabr kuni ertalabdan işçi xodimlarini olib kelib, töğrilab berişni boşlaşdi.
Yuqori taşkilotlardan ham kelib körişdi, aylanma yöllarimiz borligi uçun devor çökkan hududdagi eşiklarni yopib, bolalarni öşa aylanma yöllar orqali xonalarga olib çiqyapmiz. Majburan bolalarni qabul qilyapmiz”, – deydi boğça mudirasi.

Şuningdek, uning ta’kidlaşiça, şu vaqtgaça boğçada bunday nosozliklar kuzatilmagan. Kiçik kamçiliklar tezda bartaraf etilgan. 23-sonli boğça 100 dan oşiq bolani qabul qiliş quvvatiga ega, ammo ayni vaqt quriliş işlari olib borilayotgani uçun 80-90 nafar bola qabul qilinmoqda.




















