22 avgust kuni ötkazilgan tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida prezident tomonidan bugungi kunda özini yeçimini kutayotgan 5 ta yönaliş böyiça taşabbus va takliflar e’lon qilindi. Prezident boşqa sohalar qatorida Biznes ombudsman oldiga ham qator vazifalar qöydi.
Jumladan, ikki oy muddat içida Biznes ombudsman Soliq qömitasi bilan birgalikda ilk marta xato qilgan kiçik biznes vakillariga nisbatan jazo çorasi qöllamaslik, şuningdek soliq jarimalari miqdorini ular tomonidan tölanayotgan soliq miqdoriga mutanosib ravişda belgilaş böyiça Adliya vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlarning takliflarini çuqur örganib, tekşiruvlarning muddatlarini qisqartiriş, moliyaviy xato va kamçiliklarning minimal çegaraviy miqdorini belgilaş, tekşiruv jarayonlaripdan tadbirkorni xabardor qiliş va şikoyatlarni oçiq-oşkora körib çiqiş böyiça qonun loyihalarini işlab çiqadi.
2023 yildan e’tiboran tadbirkorlar murojaatlarini 24 soat qabul qiladigan kraud-sorsing platformasi — Tadbirkor virtual ofisini işga tuşiriladi. Biznes ombudsman uşbu tizim orqali tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilişi, ijrosini nazorat qilişi va tadbirkorlar huquqlarini buzganlarni jazolab borişi belgilangan.
Oçiq muloqotda joriy yil 1 noyabrdan har qanday tekşirişlar faqat va faqat Biznes ombudsmanda yangi işga tuşiriladigan elektron platforma orqali amalga oşirilişi, barça turdagi tekşiruvlar Biznes ombudsman tomonidan muvofiqlaştirilişi kerakligi ta’kidlandi.
Xöş, joylarda Biznes ombudsman devoni qanday işlamoqda? 2022 yilning ötgan davrida Biznes ombudsman devonining Samarqand viloyatida faoliyat körsatuvçi xodimlariga jami 321 ta murojaat kelib tuşgani ma’lum qilindi. Murojaatlarning 279 tasi körib çiqilgan, 85 tasi qanoatlantirilgan, 194 ta murojaat yuzasidan huquqiy tuşuntirişlar berilgan.
Kelib tuşgan murojaatlarning asosiy qismi yer va binolar, soliq munosabatlariga oid, sud qarorlari, sud va boşqa organlar qarorlari ijrosi, ruxsatnomalar, litsenziyalar va hujjatlarni rasmiylaştiriş, bank, moliya va kredit masalalari, infratuzilma bilan boğliq, suriştiruv-tergov masalalariga oid murojaatlarni taşkil qildi.
Murojaatlarni örganiş jarayonida ularda keltirilgan vajlar çuqur örganilmoqda. Vakil devoni xodimlari tomonidan «Business» MÇJning (nomi özgartirilgan) litsenziya olişda yuzaga kelayotgan tösiq borasida qilgan murojaati örganib çiqildi.
Mazkur murojaatni örganiş davomida Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi Samarqand viloyati hududiy bölimi xodimi tomonidan tadbirkorning murojaati «Lisenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida»gi qonun talabiga zid ravişda rad qilingani aniqlanib, uşbu holat böyiça aybdor xodimga nisbatan BHMning 5 barobari miqdorida ma’muriy jazo çorasi qöllanişi hamda tadbirkorga tegişli litsenziya rasmiylaştirib berilişi ta’minlangan.
















