Rossiyaning Su-34 bombardimonçi samolyoti Krasnodar ölkasining Yeysk şahridagi töqqiz qavatli uy atrofiga quladi. Bu haqda dastlab «Interfaks» şahar yagona navbatçi dispetçerlik xizmatiga tayanib xabar tarqatdi. Aniqlik kiritilişiça, 17 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:20 da öq-dorilar bilan töliq jihozlangan samolyot «Meotida» savdo markazi yaqinida, Krasnaya köçasi 47/1 uy hovlisiga qulagan. Halokat ortidan samolyot öq-dorilari portlagan, olov 556 kişi istiqomat qilib kelgan köp qavatli uyga ötgan.
Mash kanali halokatdan oldingi holat aks etgan videoni namoyiş etdi. Unda samolyot portlaşdan oldin uylar tomi ustida pastlab uçayotgani va uning bir dvigateli yona boşlaganini köriş mumkin.
FVVning sönggi ma’lumotlariga köra, samolyot qulaşi oqibatida 13 kişi halok bölgan, 19 kişi yaralangan. «Qutqaruvçilar işni yakunlaşdi. Qidiruv-qutqaruv işlari davomida 10 qurbon jasadi aniqlandi. Şu tariqa, qurbonlar soni 13 kişiga yetdi, şundan uç nafari bolalar. Favqulodda holat oqibatida 19 kişi jabrlangan», — deyiladi FVV xabarida. Jabrlanganlarning ikki nafari homilador ayollar.
Yonğin turar joydagi kamida 17 kvartiraga zarar yetkazgan, bu haqda Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratev ma’lum qildi. Xuddi şu vaqtda şahar navbatçi-dispetçerlik xizmati olov u yoki bu darajada kamida 45 kvartiraga zarar yetkazgani haqida ma’lum qilgan. Xizmat ma’lumotiga köra, yonğin pod’yezdlardan birini töliq qamrab olgan, bu yerda töqqizinçi qavatdan beşinçi qavatgaça qulaş kuzatilgan. Ölka FVV esa halokatdan söng birinçi qavatdan beşinçi qavatgaça bölgan uylar olov içida qolganini xabar qilgan.
«Podsluşano v Yeyske» telegram-kanali öz öquvçilariga asoslangan holda ayrim odamlar yuqori qavatlardan sakragani haqida yozgan. Krasnodar ölkasi vitse-gubernatori Anna Minkova ham şifokorlar qurbonlarning uç nafari yuqori qavatlardan sakrab halok bölganlar ekanini xabar qilgan.
FVV xabariga köra, yonğin 2 ming kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Kondratevning ma’lum qilişiça, voqea joyida «barça hududiy va mintaqaviy yonğin-qutqaruv garnizonlari» işlamoqda. Lekin qutqaruvçilar hozirça olovni öçira olişmagan.



















