Bir neça kundan buyon Özbekistonning aksar hududlarida yomğir yoğib ötmoqda. Respublika hududlariga kirib kelgan ğarbiy havo oqimlarining ikkinçi bosqiçi baland toğlarga qor yoğişiga olib kelgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda 2022 yil 18 oktyabrdan 19 oktyabrga ötar tunda Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumani, Jizzax viloyati Zomin hamda Baxmal tumanlarida qor yoğgani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Ma’lum bölişiça, ayni damda Qaşqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi toğlarga va toğ etaklariga qor tuşmoqda. Jumladan, Baxmal tumanining Yöldoşboy, Temirqadam, Ösmat, Möğol va Novqa qişloqlarida laylakqor yoğib ötayotgani ma’lum qilingan.

Gidrometeorologlar tomonidan bugun, 19 oktyabr kuni toğlarda qor yoğiş masştabi kengayişi, Toşkent va Namangan viloyatlari örtasida joylaşgan baland toğlarda ham qor yoğişi mumkinligi aytilmoqda.

Iqlimşunos Erkin Abdulahatov toğ aholisini mazkur tabiat hodisasi boğdorçilik yönalişida mevalarga biroz zarar yetkazilişiga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirgan.