Ma’lum bo‘lishicha, festivalda Turkiya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Latviya, AQSh, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Tailand, Bangladesh, Indoneziya va boshqa mamlakatlardan hunarmandlar, madaniyat arboblari, dizayner va soha mutaxassislari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Tadbir davomida Butunjahon hunarmandlar kengashi qarori bilan Marg‘ilonga “Jahon ipak va ikat hunarmandlari shahri” maqomi beriladi.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 20 oktyabr kuni atlas festivalini ochib berdi. “Atlas bayrami” festivali 22 oktyabrga qadar davom etadi, uch kun davomida 10 ga yaqin tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Festival Farg‘ona viloyati hokimligi, YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Hunarmand” uyushmasi, Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan boshqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilmoqda.

Farg‘ona viloyati hokimining 2022 yil 11 oktyabrdagi farmoyishi bilan festivalni yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun viloyat mahalliy budjetining 2022 yil uchun tasdiqlangan zaxira jamg‘armasi hisobidan 439 mln so‘m, viloyat mahalliy budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 2 mlrd 18 mln so‘m, jami 2 mlrd 457 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
Farmoyishda xarajatlar uchun asos sifatida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov tomonidan 2022 yil 3 oktyabrda 31/1-1998-son bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3 oktyabrdagi 31/1-1998-sonli dasturi hamda Farg‘ona viloyati hokimligining 2022 yil 15 sentabrdagi 316/01-49-sonli yig‘ilish bayoni keltirilgan.

Atlas festivali uchun ajratilgan qariyb 2,5 mlrd so‘m nimalarga sarflanishi viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning 11 oktyabrdagi farmoyishi 2-ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra:
- festival obektlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash uchun

















