Bugun dunyoda 665 mln odam böqoq va qalqonsimon bez kasalliklaridan aziyat çekyapti. Böqoqning nafas oliş, oşqozon içak faoliyati, asab tizimiga katta zarar yetkazgani tufayli oğir operatsiya yordamida davolaşga harakat qilingan. Tibbiyot mutaxassislari böqoqdan xalos bölişning yengil, samarali va zamonaviy usullarini öylab topişyapti.

Ana şunday samarali davolaş usuli bölgan mikrotölqinli ablyatsiya usulidagi operatsiya Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida ötkazildi. Özbekistonlik bir guruh şifokorlar xorijda bu amaliyot yuzasidan tajriba orttirib qaytişdi.

Bu operatsiya onco.uz jamoasi homiyligida nafaqat Özbekistonda, balki MDH davlatlarida birinçi marta bölib ötdi. Şu munosabat bilan operatsiya oldidan ötkazilgan konferensiyada Özbekiston, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston va Turkiyadan kelgan onkologiya sohasidagi mutaxassislar  iştirok etişdi. Şundan söng iştirokçilar uçun Minimal invaziv qalqonsimon terapiya böyiça Yevropa taşkiloti vitse-prezidenti professor Bulent Çekiç tomonidan operatsiya amalga oşirildi. Şu kunning özida qalqonsimon bez ösmasi taşxisi qöyilgan 10 nafar bemorlar professor tomonidan ösmadan xalos bölişdi. Amaliyot Xitoyning ECO Microwave kompaniyasiga tegişli SABERWAVE 200G qurilmasi yordamida amalga oşirildi.

Mikrotölqinli ablyatsiya yöli bilan ösmalardan xalos böliş nimasi bilan samarali degan savol tuğilişi tabiiy.

  • mazkur operatsiya 10 daqiqa davom etadi;
  • protsedura tugagandan keyin bemor bemalol uyiga ketişi mumkin;
  • ortiqça muolajalar va dorilar içiş tavsiya etilmaydi;
  • yöqotilgan ösma boşqa tiklanmaydi;
  • terida çandiqlar qolmaydi.

 “Amaliyotning yaxşi tomonlaridan biri jarohatsiz amalga oşiriladi. Qalqonsimon bez inson uçun muhim. Çunki u garmonlarni işlab çiqaradi. Amaliyotdan yarim soat ötib bemor şifoxonadan çiqişi mumkin.