Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 15 oktyabr kuni soat 11:50 larda Boysun tumani Tuzbozor mahallasi hududida viloyat IIB JXX YHXB YPX xodimi tomonidan Nexia maşinasi töxtatilib, haydovçisining şaxsi tekşirib körilganida fuqaro M.A.ga nisbatan qidiruv e’lon qilingani aniqlangan.
Şundan söng YPX inspektori haydovçining qidiruvda ekani, özi bilan tuman IIBga borişi kerakligini aytgan. Fuqaro qonuniy talabga böysunmay, inspektorga faol qarşilik körsatib, uni urib tan jarohati yetkazgan.
Haydovçi inspektorning qölidan öziga tegişli hujjatlarini olib voqea joyidan ketişga uringan vaqtda şu yaqin atrofda xizmatga jalb etilgan IIO xodimlari yetib kelib, uni Boysun tumani IIBga olib borgan.
Sud tibbiy ekspertizasining 2022 yil 16 oktyabrdagi dastlabki ma’lumotnomasiga köra inspektorda yengil tan jarohati mavjudligi aniqlangan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Boysun tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Navoiyda YPX xodimini kaltaklagan haydovçiga jinoyat işi qözğatilgandi.

















