Ukraina Xerson viloyatida artilleriya ustunligiga ega böldi, deb yozmoqda The New York Times (NYT) mahalliy qömondonlik va harbiy ekspertlarga tayanib. Buning sababi, 29 oktyabr, şanba kuni e’lon qilingan reportajda aytilişiça, Ğarbning uzoq masofaga uçuvçi va yuqori aniqlikdagi raketalar va artilleriya snaryadlari Rossiyada yetişmayotgan qurollar sinfiga kiradi.

Ukraina jangçilari millionlab dollarlik rus texnikasini yöq qildi, deb yozadi NYT. Bunda ular nafaqat AQŞ va ittifoqçilar tomonidan taqdim etilgan qurol-yaroğlardan, balki qölbola uçuvçisiz uçoqlar, şuningdek, yanada ilğor dronlardan ham foydalanyapti. Şu bilan birga, Rossiya «qanotli raketalar, katta armiya va millionlab artilleriya snaryadlari bilan, garçi noaniq bölsa ham, qörqinçli kuç bölib qolmoqda», deb ta’kidlaydi gazeta. Uning baholaşiça, artilleriyadagi ustunlik Ukraina Qurolli kuçlariga Xerson tomon, yöqotişlar evaziga bölsa-da, asta-sekin oldinga siljiş imkonini berdi.

Ukraina qömondonligiga köra, hozir tomonlar taxminan teng miqdordagi zarbalar almaşişmoqda. Biroq, ukrainaliklar Ğarb tomonidan taqdim etilgan sun’iy yöldoş yordamida boşqariladigan raketalar va artilleriya snaryadlari tufayli nafaqat uzoqroq, balki aniqroq zarba beryapti, deydi NYT suhbatdoşlari.

«Biz ularga yeta olyapmiz, lekin ular bizga yeta olmayapti. Ularda bunday qurollar yöq», dedi Xerson frontidagi artilleriya batareyasiga qömondonlik qilayotgan Ukraina armiyasi mayori NYT'ga. Uning sözlariga köra, Rossiya armiyasidan öq uziş intensivligi uç baravar kamaydi, bu esa Rossiya kuçlari uçun öq-dorilar yetişmayotganidan dalolat berişi mumkin. «Rossiya armiyasi çeksiz, degan fikr bor, ammo bu afsona», - deya ta’kidladi ukrainalik harbiy.

Bundan taşqari, reportajga köra, amerikaliklar tomonidan taqdim etilgan M777 gaubitsalari yuqori aniqlikdagi snaryadlar bilan otadi hamda bunday öqqa tutiş ruslarni oğir texnikani front çiziğidan uzoqroqqa joylaştirişga majbur qilgan. NYT, şuningdek, Xersonga ta’minot vositasi - Dnipro böylab ötgan köpriklar Ukraina artilleriyasi hududi oraliğida joylaşgani va foydalanişga asosan yaroqsiz ekanligiga e’tibor qaratadi. «Gap rus qöşinlari Xersonda qança vaqt tura olişida», deb yozadi gazeta.