Şu bilan birga, uşbu gipertovuşli raketalarning zaxiralari juda çeklanganligi körsatilgan.
Britaniya Mudofaa vazirligi Twitter’da Belarusning Maçulişçi aerodromining sun’iy yöldoşdan olingan suratlarini e’lon qildi, unda «Kinjal» raketalarini olib ötişga qodir ikkita MiG-31K qiruvçi samolyoti körsatilgan.
Bundan oldin AQŞ harbiylari NASA’ning Virjiniya ştatidagi parvoz poligonida gipertovuşli qurol komponentlarini sinovdan ötkazgandi. Uçiriş maydonçasidan maxsus raketa uçirildi. Amerikaning CNN telekompaniyasi ma’lum qilişiça, mutaxassislar gipertovuşli raketalarning tarkibiy qismlari, jumladan, issiqlikka çidamli materiallar va yuqori texnologiyali elektronika haqida ma’lumotlarni töplaş uçun 11 xil tajriba ötkazdi.
Xitoy 2021 yilda muvaffaqiyatli gipertovuşli parvozlarni e’lon qilganidan keyin va Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda gipertovuşli raketalardan foydalana boşlaganidan söng, Pentagon gipertovuşli qurollarni işlab çiqişni ustuvor vazifa sifatida belgilay boşladi. AQŞ Mudofaa vazirligi joriy yilda ikki marta, mart va may oylarida gipertovuşli raketalarni sinovdan ötkazdi.
2021 yil oktyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gipertovuşli qurollar yaratiş böyiça AQŞni ortda qoldirganini aytdi. RF «Tsirkon» va «Kinjal» gipertovuşli raketalari bilan qurollangan bölib, ular Rossiya harbiylarining fikriga köra, 2000 kilometrdan ortiq masofadagi nişonlarni urib, duşmanning havo va raketaga qarşi mudofaa tizimlarini yengib ötişga qodir.


















