Suhbat çoğida Özbekiston-Germaniya kun tartibining hamda köp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, Germaniya bozoriga keng turdagi sifatli va raqobatbardoş Özbekiston mahsulotlarini yetkazib berişni taşkil etiş, Germaniya yetakçi kompaniyalarini jalb etgan holda qöşma loyihalarni amalga oşiriş zarurligi ta’kidlandi.
Ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari rahbarlari atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida, xususan, «Yaşil makon» umummilliy dasturi va Germaniya taşqi işlar vazirligining «Yaşil Markaziy Osiyo» taşabbusi doirasidagi hamkorlik jihatlarini muhokama qildilar.
Annalena Berbok Özbekistonning Orol dengizi inqirozi oqibatlariga qarşi kuraşişdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va Orolböyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini örganişga tayyorligini bildirdi.

















