Samarqand şahrida ikkinçi Özbekiston iqtisodiy forumi öz işini boşladi. Forum oçilişida sözga çiqqan Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde Özbekistonning ötgan davrda erişgan yutuqlarini sanarkan, bu bilan töxtab qolmaslik kerakligini aytdi, deya xabar berdi Kun.uz muxbiri.
“Markaziy Osiyo mamlakatlari, şu jumladan Özbekiston ham prognoz qilinganidan köp va yuqori narxlarda tovar eksport qildi va pul ötkazmalarining kuçli oqimini saqlab qoldi”, – dedi u.
Anna Berde xususiy sektor uçun şart-şaroitlarni tenglaştiriş va samaradorlik ösişini qöllab-quvvatlaş uçun hali köp iş qiliş kerakligiga urğu berdi.
“Özining xalqaro raqobatbardoşligini oşiriş uçun Özbekiston kapital, energiya va xomaşyo, işçi kuçi bozorlarini yanada erkinlaştirişi va savdo xarajatlarini qisqartirişi kerak”, — dedi u.

Anna Berde Özbekiston qilişi kerak bölgan masalalar qatorida quyidagilarni sanadi:
- resurslarni notöğri taqsimlaşdan qoçiş va unumdorlikni oşiriş uçun narxlarni liberallaştiriş - masalan, asosiy xomaşyo, elektr energiyasi, tabiiy gaz, yer, biznes xizmatlari, qişloq xöjaligi mahsulotlari va paxta xomaşyosi;
- biznes muhitini mustahkamlaş;
- davlat banklari, suğurta sektori va nobank kredit taşkilotlari sektorini isloh qilişni davom ettiriş;
- davlat korxonalarining korporativ boşqaruvini isloh qiliş va ularning moliyaviy körsatkiçlarini yaxşilaş;
- moliyaviy tizimlarni takomillaştiriş va biznes muhitini mustahkamlaş;
- soğliqni saqlaş va ta’lim xizmatlari sifatini oşiriş.
“Bu özgarişlarning köpçiligi murakkab va ular puxta tayyorgarlik bilan bosqiçma-bosqiç amalga oşirişni talab qiladi”, — dedi u.
Jahon banki vakili Özbekiston iqtisodiy forumi davomida Özbekiston va uning kelajak avlodlari manfaatlari yölida qanday harakat qilişi mumkinligi borasida mazmunli va oçiq munozaralar olib borişga umid bildirdi.

















